A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

50
HUJAYRA HAQIDAGI TA

LIMOT
II BO‘LIM
ho sil bo‘ladi. Vakuola tarkibida turli tuman organik birikmalar va tuzlar 
uchraydi.
Vakuola shirasi hosil qiladigan osmotik bosim hujayraga suvning 
o‘tishini 
ta’minlaydi va uning tarang ya’ni, 
turgor
holatini vujudga keltiradi. 
Bu o‘simliklarni mexanik ta’sirlarga nisbatan mustahkamligini ta’minlaydi.
Biz Yerda hayotning qanday boshlanganligini yoki dastlabki hujayra 
qachon paydo bo‘lganligi haqida aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. Biroq, 
Yerda va uning atrofida atmosferada turli xil kimyoviy va fizik jarayonlar 
natijasida oddiy organik moddalar hosil bo‘lganligi haqida taxmin qilishga 
imkon beruvchi juda ko‘p dalillar mavjud. Bu sodda organik moddalar-
ning o‘zaro ta’siri natijasida murakkab moddalar va keyinchalik ulardan 
esa biz hayot deb nomlagan tuzilma hosil bo‘lgan. Shuning uchun hayot, 
binobarin hujayra ham o‘z rivojlanish tarixiga ega. Paleontologiya dalil-
lariga ko‘ra prokariot hujayralar bundan 3,5 mlrd. yil avval paydo bo‘lgan 
deb taxmin qilinadi. Birmuncha murakkab tuzilishga ega bo‘lgan eukariot 
hujayralar proka riot lardan kelib chiqqan deb faraz qilinadi. Bu taxmin-
larni tushuntiruvchi bir qator gipotezalar mavjud.
Simbioz gipotezasi. Simbioz ikki va undan ortiq turlarning birgalikda 
yashashidir. Bunda ular bir-birlari bilan hamkorlik qilib yashaydi. Hu-
jayralar va hujayra ichida ham simbiotik munosabatlar mavjud. Xlorella 
deb ataluvchi yashil suv o‘ti, ayrim infuzoriyalar sitoplazmasida fotosintez 
jarayonini amalga oshiradi va xo‘jayin hujayrani ozuqa moddalar bilan 
ta’minlaydi.
1.
2.
3.
4.
o‘simlik hujayrasi hayvon hujayrasidan nimasi bilan farqlanadi?
Plastidalar qanday vazifalarni bajaradi?
Hujayraning taranglashishiga nima sabab bo‘ladi?
o‘simlik hujayrasining tuzilishini ta’riflang.

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin