A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

49
HUJAYRA HAQIDAGI TA

LIMOT
II BO‘LIM
15- §. O

simlik hujayrasining o

ziga xos tuzilishi
4 — Biologiya, 9- sinf.
o‘simliklar hujayrasida hay von hujayrasiga xos bo‘lgan barcha 
organoidlar: yadro, mitoxondriya, Golji majmuasi, ribosomalar mavjud 
(40- betdagi 23- rasmga qarang). Shuningdek, ular tuzilishidagi bir qator 
xususiyatlari bilan hayvon hujayralaridan farq qiladi: 1) birmuncha qalin 
bo‘lgan hujayra qobig‘iga ega; 2) maxsus organoidlar-plastidalari bor. 
Bularda quyoshning yorug‘lik energiyasi hisobiga anorganik moddalardan 
birlamchi organik moddalarni hosil bo‘lishi amalga oshiriladi; 3) yaxshi 
rivojlangan vakuola tizimi mavjud bo‘lib, u hujayraning osmotik xusu-
siyatlari bilan bog‘liq.
Hujayra qobig‘i.
o‘simlik hujayrasi tashqi tomondan qalin hujayra 
qobig‘i bilan o‘ralgan bo‘ladi. Hujayra qobig‘i tufayli har bir hujayra 
o‘zining shaklini saqlab qolish xususiyatiga ega. 
Hujayra qobig‘i polisaxaridlardan tashkil topgan. Qobiq orqali suv va 
kichik molekulali moddalar osonlik bilan o‘tish imkoniga ega. Shu bilan 
birga qobiq birmuncha mustahkam bo‘lib, o‘simlikka xos tuzilmani saqlab 
turadi. U shamol ta’sirida o‘simlikning egilishini ta’minlaydi, biroq sinib 
ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
plastidalar — o‘simlik hujayralarining organoidlari. Ular anorganik 
moddalardan birlamchi uglevodlarni hosil qilishda ishtirok etadi. Plas-
tidalarning uch xil turi mavjud: 1. Leykoplastlar — rangsiz plastidalar, 
monosaxarid va disaxaridlardan kraxmal hosil qilishda ishtirok etadi 
(ayrim leykoplastlarda oqsil va moylar ham to‘planadi). 2. Xloroplastlar — 
yashil pigmentlar, fotosintez jarayonini amalga oshi radi. 3. Xromoplastlar 
— har xil rangga ega plastidalar. Ular gullar va mevalarga rang beruvchi 
karotinoidlardan iborat.
Plastidalar bir-biriga aylanib turadi. Ularning tarkibida RNK va DNK 
bo‘ladi. Ko‘payishi ikkiga bo‘linish yo‘li bilan amalga oshadi.
Ko‘pgina o‘simlik hujayralarida boshqa plastidalar ham uchraydi. Ular 
qizil, sariq va qizg‘ish pigmentlarga ega bo‘ladi. Ko‘pgina gullar, mevalar va 
kuz faslidagi barglarning ranglari ana shu pigmentlar tufayli paydo bo‘ladi. 
Rangsiz plastidalarda kraxmal, moy, oqsil, zaxira modda sifatida to‘pla-
nadi. Bunday plastidalar ildizda, tugunaklarda, ildizmevalarda, urug‘larda 
ko‘p uchraydi.
Vakuolalar ham o‘simlik hujayralariga xos organoid bo‘lib, membrana 
bilan o‘ralgan. Ular endoplazmatik to‘rning g‘ovak membranalari hisobiga



Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin