58 HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI III BO‘LIM Hujayradagi organik moddalar ichida oqsillar miqdor va ahamiyati ji-
hatidan birinchi o‘rinni egallaydi. oqsillar yuqori molekulali kolloid birikma
bo‘lib, aminokislotalardan tashkil topgan. Ular gidroliz qilinsa, aminok-
islotalarga parchalanadi. oqsillarning elementar tarkibi karbon, vodorod,
kislorod, azot hamda oltingugurtdan iborat. Ularning tarkibida ba’zan fosfor
ham uchraydi. oqsillar tarkibidagi azot miqdori doimiy bo‘lib, o‘rta hisobda
16 % ni tashkil etadi.
oqsillar tarkibidagi aminokislotalar
Halqasiz (atsiklik)aminokislotalar
Halqali (siklik) aminokislotalar
1. Glitsin.
8. Leysin.
15. Fenilalanin.
2. Alanin.
9. Izoleysin.
16. Tirozin.
3. Serin.
10. Treonin.
17. Triptofan.
4. Sistein.
11. Lizin.
18. Gistidin.
5. Sistin.
12. Arginin.
19. Prolin.
6. Metionin.
13. Asparagin kislota.
20. oksi prolin.
7. Valin.
14. Glutamin kislota.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tabiiy oqsillar tarkibida bir
biridan farq qiluvchi 20 xil aminokislota uchraydi. Aminokislotalar pep-
tid bog‘i orqali o‘zaro birikadi va polipeptid zanjirlarni hosil qiladi. Tirik
organizmlar tarkibida uchraydigan oqsillar juda ko‘p va xilma xil bo‘lib,
har bir oqsil o‘ziga xos aminokislotalar ketma-ketligidan iborat. oqsil
molekulalari ipsimon yoki yumaloq shakllarga ega bo‘ladi (30- rasm).
1. 2. 3. 4. 5. Biomolekulalar deb qanday moddalarga aytiladi?
Monomer deb nimaga aytiladi?
Biopolimerlarga qanday birikmalar kiradi?
Biopolimerlar qanday vazifalarni bajaradi?
Hujayralarda qanday kichik organik birikmalar uchraydi?
22- §. Oqsillar. Aminokislotalar 1. 2. Tirik organizmlardagi biopolimerlarni guruhlarini ko‘rsating.
o‘simlik va hayvon organizimiga xos organik birikmalarni ko‘rsating.