A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

60
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
1.
2.
3.
4.
oqsillar qanday shakllarda uchraydi?
Qondagi gemoglobin oqsili qanday shaklga ega?
Denaturatsiya hodisasida oqsil qanday xususiyatini yo‘qotadi?
Nima uchun oddiy oqsillar deyiladi?
Tirik organizmlar tarkibida uchraydigan oqsillar ikki xil: tolasimon 
va yuma loq yoki tuxumsimon shaklga ega. Tolasimon oqsillarga hay-
vonlarning junidagi, odam sochi, muskuli va ipak qurtining ipagidagi 
oqsillar kiradi. Yumaloq oqsillarga esa hujayradagi eruvchan oqsillar mi-
sol bo‘ladi. Bularga ko‘pincha katalizatorlik vazifasini bajaruvchi oqsillar 
va qondagi gemoglobin oqsillari kiradi. oqsillar turli ta’sirlar natijasida 
o‘zining tabiiy xususiyatlarini yo‘qotadi. Masalan, tuxum qaynatilganda 
oqsillari ivib qoladi. Bu hodisa 
denaturatsiya
(denatura — tabiiy holatni 
yo‘qotish) deb ataladi. organizmlarning qarishi undagi oqsillarni asta-se-
kin denaturasiyaga uchrashi bilan bog‘liq.
oddiy va murakkab oqsillar. Barcha oqsillar 2 ta katta guruh ga: oddiy 
va murakkab oqsillarga bo‘linadi. oddiy oqsillar faqat aminokislotalardan 
tashkil topgan. Murakkab oqsillar tarkibida aminokislotalardan tashqa-
ri, oddiy me tall atomi yoki boshqa oqsil bo‘lmagan murakkab moddalar 
ham uchraydi.
oddiy oqsillar suvda yoki boshqa eritmalarda erish xususiyatiga qarab 
bir-biridan farq qiladi. Toza distillangan suvda eriydigan oqsillar 
albumin-
lar
deb ataladi. Tuxum oqsili, bug‘doy va no‘xat oqsillari albuminlarga 
misol bo‘ladi. osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydigan oqsillar 
globulin-
lar
deyiladi. Qon tarkibidagi oqsillar va ko‘pchilik o‘simlik oqsillari glo-
bu linlarning vakillaridir. Tirik organizmlarning hujayralarida yana spirt-
larda, kuchsiz ishqoriy eritmalarda eriydigan oddiy oqsillar ham mavjud.

Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin