68
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
kulasidagi o‘rni ya’ni, ularning ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Binobarin,
bunday molekulalar biosintezi oldindan belgilangan reja bo‘yicha amalga
oshishi kerak. Bunday reja DNK molekulasida 4 xil nukleotidlarning yor-
damida yozilgan bo‘lib, u oqsil molekulasining nusxasi yoki qolipi deb
yuritiladi. 20 xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 4 xil nukleotidlar
yordamida ifodalanishi
genetik kod
deb ataladi. Har bir aminokislota 3 ta
nukleotidning birikishidan hosil bo‘lgan triplet kod yordamida ifodalanadi.
20 ta amino kislotani ifodalash uchun 61 ta tripletli koddan foydalaniladi.
Demak, bitta aminokislota 2 va undan ortiq kod yordamida ifodalanadi.
Kodlarning umumiy soni 64 (4
3
= 4
.
4
.
4) taga teng. Qolgan 3 ta kod
oqsil sintezining boshlanishi va tugallanishini bildiradi. Genetik kod barcha
tirik organizmlar uchun universal hisoblanadi. Demak, u mikroorganizm-
lardan odamgacha bir xildir.
Genetik kodning muhim xususiyatlaridan biri uning o‘ziga xosligi
bo‘lib, bitta triplet bitta amino kislotaga mos keladi. oqsil biosintezi o‘ta
murakkab jarayon bo‘lib, bunda xilma-xil ferment va RNKlar ishtirok eta-
di. Bu jarayon hujayraning maxsus sintez qiluvchi organoidi — ribosoma-
larda kechadi.
Dastlab aminokislotalar ATF energiyasi yordamida faol holga keladi va
t-RNKlar yordamida ribosomalarga tashib keltiriladi. oqsil to‘g‘risida-
gi axborot DNK molekulasidan i-RNKlar yordamida ko‘chirib olinadi
va ribo-somaga beriladi. Demak, DNKning zanjirlaridan birida RNK
molekulasi sintezlanadi. i-RNK nukleotidlarning ketma-ketligi DNK
molekulasidagi nuk-leotidlar ketma-ketligiga mos (komplementar) bo‘ladi
(32- rasm). oqsil sintezi transkripsiya va translyatsiya bosqichlarda amalga
oshadi. DNKdagi oqsil to‘g‘risidagi axborotni i-RNKga ko‘chi rib o‘til-
gandek yozili shiga
Dostları ilə paylaş: