71 HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI III BO‘LIM 1. 2. 3. 4. Dissimilatsiya jarayonida qanday jarayon namoyon bo‘ladi?
o‘simliklarda nafas olish nimalar yordamida amalga oshiriladi?
ATF qanday birikma?
Bir molekula glukoza parchalanganda qancha energiya ajralib chiqadi?
1. 2. ozuqa moddalarining parchalanishi natijasida ajralgan energiya ni-
malarga sarflanadi?
Dissimilatsiya jarayonining energiya almashinuvi deb atalishini tu -
shuntiring.
olish tizimi orqali amalga oshiriladi. o‘simliklarda esa nafas olish organlari
bo‘lmaydi. Ular to‘qima va hujayralar orqali nafas oladi.
ozuqa moddalarda to‘plangan kimyoviy energiya organik birikmalar
molekulasidagi atomlarni bog‘lovchi har xil kovalent bog‘larda mujas-
samlashgan bo‘ladi. Bir molekula ya’ni, 180 g glukozaning C, H, o
atom lari orasidagi bog‘larda to‘plangan potensial energiya miqdori 2800
kJ ga teng. Fermentlar yordamida parchalanadigan glukozadagi energiya
bosqichma-bosqich ajraladi:
C
6
h
12
o
6
+ 6 o
2
6 Co
2
+ 6 H
2
o + 2800 kJ.
ozuqa moddalardan ajralgan quvvatning bir qismi issiqlik energiyasi
sifatida tarqalib ketadi. Boshqa qismi esa adenozintrifosfat kislota (ATF)
ning energiyaga boy fosfat bog‘larida to‘planadi.
Hujayrada kechadigan barcha jarayonlar: biosintez, mexanik ish (hu-
jayra bo‘linishi, muskullarning qisqarishi), moddalarning membranalar
orqa li faol ko‘chirilishi, asab impulslarining o‘tkazilishi va boshqalarni
energiya bilan ta’minlash ATF orqali amalga oshiriladi.
ATF molekulasi azot asoslaridan adenin, riboza shakari va uchta fosfat
kislota qoldig‘idan tashkil topgan. Agar bu murakkab birikma tarkibida
faqat bitta fosfat kislota bo‘lsa adenozinmonofosfat (AMF), ikkita fosfat
kislota bo‘lganda esa adenozindifosfat (ADF) hosil bo‘ladi. Uchta fos-
fat kislota tutuvchi (ATF) molekulasi eng ko‘p energiyaga egadir. ATF
tarkibidagi uchinchi fosfat kislotaning ajralishi 40 kj energiya chiqishi ga
imkon beradi. ATF molekulasida energiyaga boy bog‘larning mavjudligi
hujayraning kichik bir qismida katta miqdordagi energiyani to‘plashga va
uni ehtiyojga qarab ishlatishga imkon yaratadi. ATF hujayraning maxsus
organoidlari mitoxondriyalarda sintezlanadi. Bu organoidlar hujayraning
turli qismlari uchun zarur bo‘lgan ATF molekulalarini yetkazib beradi va
hayot faoliyati jarayonlarini energiya bilan ta’minlaydi.