A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin


- §. Energiya almashinuvi bosqichlari



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

 30- §. Energiya almashinuvi bosqichlari


73
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
 31- §. Fotosintez
1.
2.
3.
4.
Energiya almashinuvi necha bosqichga bo‘linadi?
«Achish» atamasi qaysi hollarda qo‘llaniladi?
Spirtli achish deb nimaga aytiladi?
Kislorodli parchalanish jarayoni qanday jarayon?
organik moddalarni hosil qiluvchi organizmlardir. Bularga deyarli barcha 
yashil o‘simliklar, suv o‘tlari, ba’zi bakteriyalar kiradi. Avtotrof organizm-
lar qaysi
energiya manbaidan foydalanishiga qarab ikki guruhga: fototrof va 
xemotroflarga bo‘linadi. Fototroflar quyosh energiyasidan, xemotroflar esa 
kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadi.
Quyosh nuri ta’sirida o‘simliklarning yashil barglarida karbonat angid-
rid bilan suvdan murakkab organik birikmalar hosil bo‘lishi 
fotosintez
deb 
ataladi. o‘simliklarning fotosintez jarayoni Yer yuzida quyosh energiyasini 
organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantiruvchi birdan-bir vo-
sita hisoblanadi. o‘simliklarning kosmik ahamiyati ham ana shundadir. 
Bu jarayonda hosil bo‘ladigan organik birikmalar tirik organizmlar uchun 
ozuqa va energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga fotosintez 
jarayoni atmosferani erkin kislorod bilan ham boyitadi. Fotosintez jarayo-
nini o‘rganish qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l hosil olishga ham imkon 
yaratadi.
Yashil o‘simliklar fototrof organizmlar hisoblanadi. Ular hujayradagi 
xloroplastlarda to‘plangan xlorofill pigmenti yordamida yorug‘lik energi-
yasini kimyoviy energiyaga aylantiruvchi fotosintez jarayonini amalga 
oshiradi. Bu jarayon quyidagicha kechadi. Yorug‘lik kvantlari—fotonlar—
xlorofill molekulalari bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Natijada mo lekulalar qisqa 
vaqt orasida ener giyaga boy «qo‘zg‘algan» holatga o‘tadi. Keyin qo‘zg‘al-
gan moleku lalarning ortiqcha energiyasi issiqlik yoki yorug‘lik sifatida 
tarqaladi. Energiyaning qol gan qismi esa suvli eritmada uning dissotsiya-
lanishi tufayli doimo uchray digan vodorod ionlariga uzatiladi. Yorug‘lik 
ta’sirida suv dissotsiya lanishi 
fotoliz
deb ataladi.
h
2
o H

+ oH

.
Natijada hosil bo‘lgan vodorod kuchsiz bog‘lar orqali vodorodni ko‘-
chiruvchi organik birikmalar bilan birikadi.
2h

+ organik birikma organik birikma H

.



Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin