76
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
ferment shirasini unayotgan don maysalaridan (sumalakni eslang) yoki so‘lakdan
tayyorlash mumkin. Buning uchun og‘izni bir-ikki xo‘plam suv bilan yaxshilab
chayqaymiz, so‘ng bir xo‘plam suv 2—3 daqiqa davomida og‘izda
ushlab turiladi
va bo‘sh stakanga solinadi. Shu yo‘l bilan tayyorlangan so‘lak eritmasi amilaza fer-
menti shirasi hisoblanadi. Tajriba uchun yana yodning 1% li va kraxmalning 0,5%
li eritmasi tayyorlanadi.
1. Ikkita quruq probirka olamiz.
2. Birinchi probirkaga 1—2 ml suv va 1—2 ml kraxmal eritmasi quyiladi va
yaxshilab aralashtiriladi. Uning ustiga 1 tomchi yod tomiziladi. Ko‘k rang
hosil bo‘ladi.
3. Ikkinchi probirkaga 1—2 ml amilaza fermenti shirasidan va 1—2 ml kraxmal
eritmasidan quyamiz va 5 daqiqa o‘tgandan keyin 1
tomchi yod tomizila-
di. Bunda probirkada ko‘k rang emas, balki qizg‘ish
yoki sariq rang paydo
bo‘ladi. Bu kraxmalni ferment ta’sirida parchalanganidan darak beradi.
Ma’lumki, o‘simlik barglarida hosil bo‘ladigan asosiy organik modda krax-
maldir. U quyosh nuri ta’sirida hosil bo‘ladi. Agar biron-bir
usul bilan bargning
ma’lum qismiga quyosh nurining ta’siri to‘sib qo‘yilsa, o‘sha joyda kraxmal hosil
bo‘lmaydi. Bu hodisani quyidagi tajribada tekshirib ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: