modda- lar almashinuvi yoki
metabolizm deb ataladi. Moddalar almashinuvi tirik
organizmning yashashi, o‘sishi, hayot faoliyati, ko‘payishi va tashqi muhit
bilan doimo aloqada bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa tirik organizmlarning
o‘zini-o‘zi yangilashiga, o‘ziga o‘xshash nasl qoldirishiga olib keladi, ular-
ning yashashi uchun zarur shart hisoblanadi.
Moddalar almashinuvi jarayonida tirik organizm tashqi muhitdan
turli-tuman moddalarni qabul qiladi. Hayotiy hodisalar asosan modda-
lar almashinuvi tufayli namoyon bo‘ladi. Tirik organizmlar tomonidan
o‘zlash tirilishi ya’ni ozuqaning hazm bo‘lishi moddalar almashinuvi-
ning dastlabki bosqichi, hayot faoliyati natijasida hosil bo‘lgan keraksiz
mahsulotlarning tashqariga chiqarilishi esa oxirgi bosqich hisoblanadi.
Hujayralarda sodir bo‘ladigan jarayonlar
oraliq bosqich deb ataladi.
Moddalar almashinuvi bir-biriga qarama qarshi, lekin o‘zaro bog‘lan-
gan ikki jarayonni o‘z ichiga oladi. Bular assimilatsiya yoki
anabolizm va
dissi-milatsiya yoki
katabolizm reaksiyalaridan iborat.
Anabolizm jarayonida tirik organizmlarda moddalarning hosil bo‘lishi
ya’ni sintezlanish jarayoni kuzatiladi. Bunda organizm tashqi muhitdan
har xil moddalarni qabul qiladi va uni o‘zlashtiradi. Masalan, odam hayot
faoliyati tufayli 1 yilda taxminan 1,5 tonna ozuqani o‘zlashtirishi aniqlan-
gan. Bu bir kunda o‘rtacha 0,86 kg kislorod, 2,1 kg suv, 0,81 kg orga-
nik mod da lar va 0,1 kg mineral tuzlarga teng keladi. odam tomonidan
iste’mol qilinadigan bir kunlik ozuqaning energiyasi — 3000 kilokalori-
yaga teng keladi. Katabolizm jarayonida moddalarning parchalanishi va
ularda to‘p langan energiyaning ajralishi kuzatiladi. Moddalarning par-
chalanishi kislorod ishtirokida oksidlanishi bi lan va kislorodsiz muhitda
— achish jarayonida amalga oshiriladi. Natijada ajralib chiqqan energiya