A. Zikiryayev, A. To ‘ xtayev, I. Azimov, N. Sonin



Yüklə 3,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/147
tarix22.12.2023
ölçüsü3,77 Kb.
#189547
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   147
biologiya. 9-sinf (2014, a.zikiryayev, a.to\'xtayev)

nuklein kislotalar
(“nukleus” — yadro) deb atalgan. Hozirgi vaqtda nuklein 
kislotalar faqat yadroda emas, balki xloroplast va mitoxondriyada ham 
mavjudligi aniqlangan.


64
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
Nuklein kislotalardan biri hisoblangan DNKning tuzilishining kashf 
etilishi biologiyaning yangi davrini boshlab berdi. Chunki bu kashfiyot 
tirik hujayralar, binobarin, tirik organizmlar ham qanday qilib xuddi o‘zi-
ga o‘xshash nasl qoldirishining sirlarini ochishga imkon yaratdi. Shu bi-
lan birga u hayot faoliyatini qanday qilib boshqarish haqidagi axborotning 
ko‘chirilishini ham ko‘rsatib berdi. 
Nuklein kislotalarning monomerlari nukleotidlardir. Ulardan 
uzun dan-uzoq polinukleotidlar hosil qilinadi. Nukleotidlar murakkab 
tuzilishga ega. Ularning tarkibida fosfor kislotasi, monosaxarid va 
azo‘t asoslari bo‘ladi. Ular bir-biridan azot asoslarining turiga qarab 
to‘rtga ajratiladi. Bular adenin, guanin, sitozin va timin (urasil) 
nukleotidlardir. Nuklein kislota tarkibidagi monosaxarid ikki xil: 
riboza
va 
dezoksiribozadan
iborat. Riboza va dezoksiribozaning molekulasida 5 
ta uglerod atomi bo‘ladi, glukozada esa uglerod atomlarining soni 6 taga 
teng.
Dezoksiriboza tarkibida bir atom kislorod yetishmasligi bilan 
ribozadan farq qiladi. Bu ikkala monosaxarid bir polinukleotidda va bir 
nuklein kislota tarkibida bir vaqtda hech qachon uchramaydi. Bir-biri 
bilan har doim faqat ribonukleotidlar yoki faqat dezoksiribonukleotidlar 
hosil qilib birlashadi. Shunday qilib, bu ikki xil monosaxarid ikki tipdagi 
polinukleotidni va shu tufayli ikki xil nuklein kislotani hosil qiladi. 
DNK molekula massasi juda katta bo‘lgan qo‘sh zanjirli polimer 
birikma hisoblanadi. Bitta molekula tarkibida haddan tashqari ko‘p nuk-
leotidlar bo‘ladi (31- rasmda DNK molekulasining tuzilishi tasvir langan). 
DNK molekulasi qo‘sh zanjirdan iborat. Qo‘sh zanjir bir-biriga to‘la mos 
keladi va komplementardir. Zanjirlarning bir-biriga mos va komplemen-
tar bo‘lishi ham bir zanjirdagi purin asosi qarshisida pirimidin asosi 
bo‘lishi ni talab qiladi. Purin asosida A va G kirsa, pirimidin asosiga TS 
va T kiradi. Adeninga doim Timin komplementar, guaninga esa tsitozin 
komplementardir. A-T o‘rtasida ikkita vodorod bog‘, G-TS o‘rtasida uch-
ta vodorod bog‘lar bo‘ladi. DNK qo‘sh zanjirining hosil bo‘lishi nukleo-
tidlar o‘rtasidagi komplementarlik bilan bog‘liqdir. DNK molekulasida 
oqsil sintezi to‘g‘risida axborot joylashgan. Shu bilan birga DNK moleku-
lasi ana shu axborotning nusxasini ko‘paytirish xususiyatiga ega. Bu tirik 
organizmlar haqidagi irsiy axborotni aniq holda nasldan naslga o‘tkazish 
demakdir.



Yüklə 3,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin