54
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
logik polimerlar (yunonchada: “poli” — ko‘p, “meros” — qism) hisoblangan
oqsil va nuklein kislotalar tarkibida yana fosfor va oltingugurt
ham uchray-
di. Hujayra tarkibida birmuncha kam miqdorda oltita element: kaliy, natriy,
kalsiy, magniy, temir va xlor ham mavjud. Ularning har biri hujayrada
muhim vazifalarni bajaradi. Masalan, Na, K va Cl hujayra membranalari
orqali turli xil moddalarni o‘tkazishni ta’minlaydi. Nerv hujayralarida hosil
bo‘ladigan qo‘zg‘alishlarini o‘tishi ham shu
elementlar yordamida amalga
oshi riladi. Ca va P suyak to‘qimalarini hosil qilishda ularning mustahkam-
ligini ta’minlashda ishtirok etadi. Bundan tashqari Ca qonning normal
ivishini ta’minlovchi omildir. Fe elementi eritrositlar oqsili —
gemoglobin
tarkibiga kiradi va kislorodni o‘pka dan to‘qimalarga olib
borishda ishtirok
etadi. Mg o‘simlik hujay ralarida fotosintezda ishtirok etuvchi pigment —
xlorofill
tarkibiga kira di, hayvonlarda esa, biologik katalizatorlar tarki bida
biokimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishni ta’minlaydi.
Barcha qolgan elementlar (rux, mis, yod, ftor, kobalt, marganes, mo-
lib den, bor va boshqalar) hujayrada juda kam miqdorda uchraydi ya’ni
hujayra massasining 0,02 %ga yaqin qismini tashkil etadi. Shu ning uchun
ular
mikroelementlar
deb ataladi. Biroq ular
ham hayotiy mu him ahami-
yatga ega. Mikroelementlar biologik faolligi yuqori bo‘l gan moddalar-gor-
monlar, fermentlar, vitaminlar tarkibiga kiradi. Masa lan, qalqonsimon bez
tomonidan ishlab chiqariladigan tiroksin gor moni
tarkibiga yod elementi
kiradi. U ning yetishmasligi tiroksin hosil bo‘lishini kamaytiradi,
natijada
bez gipofunksiyaga uchraydi va buqoq kasal ligi rivojlanadi. Ruh bir qator
fermentlarning tarkibiga kiradi. Jinsiy gormonlarning faolligini oshiradi.
Kobalt B
12
vitamini ning zaruriy tarkibiy qismidir.
Bu vitamin qon hosil
bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Muhim hisoblangan elementlarning vazifalarini yozing:
Elementlar
Hujayra (organizm) vazifalari
Natriy
Kaliy
Kalsiy
Magniy
Dostları ilə paylaş: