GENETIKA ASOSLARI
Genetikaning asosiy tushun chalari
O‘zgaruvchanlik qonuniyatlari
Odam genetikasi
V
BO‘LIM
Genetika
— organizmlarning ikki xususiyati: irsiyat va o‘zgaruv
chanligini o‘rganadi.
Irsiyat
— bu organizmning belgi va rivojlanish
xususiyatlarini kelgusi
avlodlarga o‘tkazib turish xossasidir. Irsiyat tufayli tur doirasidagi hamma
individlar o‘xshash bo‘ladi.
Irsiyat hayvonlar, o‘simliklar va mikroorga
nizmlarga tur, zot, nav, shtamning xarakterli belgilarini avloddan avlodga
saqlab be rish uchun imkon beradi.
Belgilarning nasldan naslga o‘tib borishi ko‘payish
orqali yuzaga
chiqadi. Jinsiy ko‘payishda yangi avlodlar urug‘lanish natijasida bunyodga
keladi. Irsiyatning moddiy asoslari jinsiy hujayralarga jo bo‘lgan xromo
soma va undagi genlardir. Gen DNKning ma’lum bir qismi bo‘lib, alohida
belgilar ning rivojlanishini aniqlaydi yoki oqsil molekulasini shakllan tiradi.
Jinssiz va vegetativ ko‘payishda yangi avlod bir hujayrali yoki ko‘p hujay
rali tuzilma lardan rivojlanadi. Ko‘payishning
bu shakllarida ham avlodlar
o‘rtasidagi bog‘lanish genlar orqali yuzaga chiqadi.
O‘zgaruvchanlik
— organizmlarning yangi belgilari va xususiyatlarini
namoyon etish qobiliyatidir. O‘zgaruvchanlik tufayli tur doirasidagi indi
vidlar birbiridan farq qiladi. Demak, irsiyat bilan o‘zgaruvchanlik orga
nizmning birbiriga qaramaqarshi, ammo o‘zaro bog‘langan xossalaridir.
Irsiyat tufayli turning
bir xilligi saqlanib borsa, o‘zgaruv chanlik turni
aksincha, har xil qilib qo‘yadi. Bir tur individlari o‘rtasidagi tafovutlar or
ganizm geno tipining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘zgaruvchan
lik tashqi sha roitlar bilan ham belgilanadi.
Ma’lum bir organizmlarning barcha genlarining yig‘indisi
Dostları ilə paylaş: