111
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
Mendelning uchinchi qonuni.
Bir juft allellarning irsiylanishi,
Mendel
uchun dominantlik, duragaylarda retsessiv allellarni o‘zgarmasligi, bel
gilarning 3:1 nisbatda ajralishi kabi bir qator qonuniyatlarni ochish im
konini berdi. Ajralish hodisasi, gametalar juft allellarning faqat bitta gen
ini saqlashi, gametalar genotip jihatdan sofligini o‘rganish
imkoniyatini
berdi. Lekin organizmlar birbiridan juda ko‘p belgilari bilan farq qiladi.
Ikki va undan ortiq belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini diduragay va
poliduragay chatishtirish orqali o‘rganish mumkin.
Diduragay
va poliduragay chatishtirish
deb,
ikki yoki undan ortiq
juft belgilari bilan farq qiladigan otaona organizmlarning o‘zaro
chatishtirishga aytiladi. Diduragay chatishtirishni tekshirish uchun
Mendel ikki juft belgisi bilan: donining rangi (sariq va yashil) va shakli
(silliq va burishgan) bo‘lgan gomozigota holdagi no‘xat o‘simliklarini
o‘zaro chatishtirdi. No‘xat donining sariq rangi (A) va silliq shakli (B)
dominant, yashil rangi (a) va burishgan shakli (b) retsessivdir. Har
bir o‘simlik bir tipdagi gametalarni hosil qiladi.
Bunday gametalarning
qo‘shilishidan olingan naslning barchasi bir xil ya’ni sariqsilliq bo‘ladi.
Birinchi bo‘g‘in duragaylarida har juft allel genlardan faqat bittasi
gametalarga tushib qoladi. Ya’ni birinchi meyoz bo‘linish natijasida A gen
B gen bilan bitta gametaga yoki b gen bilan tushishi,
xuddi shu ningdek,
a gen B gen yoki b gen bilan bitta gametaga tushishi mumkin. Har bir
organizmda juda ko‘p jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi, statistik qonuni
yat bo‘yicha har bir duragayda to‘rt xilda 25 % dan — AB, Ab, aB, ab
gametalar hosil bo‘ladi. Urug‘lanish jarayonida bitta organizm gametalari
ikkinchi organizmning har bir gametalari
bilan tasodifan uchrashishi
mumkin. Buni Pennet katakchasi yordamida osongina aniqlash mumkin.
Pennet katakchasiga gorizontal bo‘yicha bitta orga nizm gametalari, verti
kal bo‘yicha katakchalarning chap tomoniga ikkinchi organizm gametalari
yoziladi. Katakchalar ichiga esa gametalar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan
zigotalarning genotipi yoziladi (112 betdagi 59 rasmga qarang). F
2
da
hosil bo‘lgan orga nizm larni fenotip bo‘yicha hisoblab chiqish nihoyatda
oson.
Duragaylar fenotip bo‘yicha to‘rtta guruhga bo‘linadi: 9
ta sariq
silliq; 3 ta yashil silliq; 3 ta sariq burishgan; 1 ta yashil burishgan du
ragaylar hosil bo‘ladi. Agar har bir belgilar bo‘yicha
ajralishni hisoblab
chiqiladigan bo‘lsa, sariq donning soni yashil rangga, silliq shaklining soni
Dostları ilə paylaş: