108 GENETIKA ASOSLARI V BO‘LIM Geterozigota organizmlarni chatishtirish natijasida olingan avlod
larning ma’lum qismi dominant belgilarni, boshqa qismi esa retsessiv
belgilarni namoyon qiladi. Bu jarayon
belgilarning ajralishi deb ataladi.
Shunday qilib Mendelning ikkinchi qonuni, ajralish qonuni bo‘lib, uni
quyidagicha izohlash mumkin: geterozigota holatdagi ikkita F
1
bo‘g‘inni
o‘zaro chatishtirish natijasi ikkinchi bo‘g‘in (F
2
) da quyidagicha nisbatda
ajralish kuzatiladi, fenotip bo‘yicha 3:1, genotip bo‘yicha 1:2:1.
F
2
da olingan organizmlarning 25%i gomozigota holatda dominant
(AA), 50%i dominant belgi bo‘yicha geterozigota (Aa), 25%i retsessiv
belgi bo‘yicha gomozigota (aa) bo‘ladi.
Chala dominantlikda F
2
bo‘g‘inda fenotip va genotip jihatdan nisbat
1:2:1 bo‘ladi (58 rasm).
1. 2. G‘o‘zada malla rangli tola oq tola ustidan qisman dominantlik qilgani
uchun F
1
bo‘g‘inda novvotrang tolali forma hosil bo‘ladi. Agar F
1
duragaylar o‘zaro chatishtirilsa, F
2
da qanday natija olinadi?
Namozshomgulning qizil va pushti gultojibargli formalari oq gultoji
bargli formasi bilan chatishtirilganda, birinchi chatishtirishda F
1
pushti gultojibargli, ikkinchi chatishtirishda 50% pushti, 50% oq
gultojibargli formalar hosil bo‘ladi. Har ikkala tajribadagi otaona va
F
1
duragaylarning genotipini aniqlang.
AA qizil; Aa pushti; aa oq. P Gametalar P F 1 Gametalar F 1 58 rasm. Namozshomgulda oraliq irsiylanish: F 2