Tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, bir xromosomada joylashgan genlar
birikkan genlar bo‘ladi, yani mustaqil taqsimlanmay, asosan, birgalikda
nasldan naslga o‘tadi. Buni aniq misolda ko‘rib chiqamiz. Agar kulrang
tanali va normal qanotli drozofila bilan qoramtir tanali va kalta qanotli
drozofila chatishtirilsa, duragaylarning birinchi avlodidagi barcha pa
shshalar kulrang tanali va normal qanotli bo‘lib chiqadi. Bu ikki juft
allel bo‘yicha geterozigotadir (kulrang tana, qoramtir tana va normal
qanot, kalta qanot). Tahliliy chatishtirish o‘tkazishda digeterozigota
(kulrang tanali va normal qanotli) urg‘ochi pashshalarni retsessiv belgili
qoramtir tanali va kalta qanotli erkak pash shalar bilan chatishtiramiz.
Mendelning ikkinchi qonuniga asoslanib, naslda 4 xil fenotipli:
25% normal qanotli kulrang tanali, 25% kalta qanotli kulrang tanali,
25% normal qanotli qoramtir tanali va 25% kalta qanotli qoramtir ta
nali pashshalar olish mumkin. Darhaqiqat, boshlang‘ich kombinatsiyali
(kulrang tanali normal qanotli, qoramtir tanali kalta (qanotli) pashshalar
bilan olib bo ril gan tajribada (muayyan tajribada 41,5%) belgilaridan qa
yta kom binatsiyalangan (kulrang tanali — kalta qanotli va qoramtir ta
nali normal qanotli) pashshalarnikiga qaraganda belgilar ancha ko‘proq
bo‘ladi. Keyingilari atigi 8,5% dan bo‘ladi (61 rasm). Ana shu misoldan
ko‘rinib turibdiki, kulrang tana — normal qanot va qoramtir tana —
kalta qanot belgilarini yuzaga chiqaradigan genlar asosan birgalikda
nasldan naslga o‘tadi, ya’ni boshqacha aytganda, o‘zaro birikkan holda
bo‘ladi. Bu birikish genlarning muayyan bir xromosomada joylashganli
giga bog‘liq. Shunung uchun meyozda bu genlar tarqalib ketmaydi, balki
birgalikda nasldan naslga o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: