118
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
uchun genlarning birikishi mutloq bir hodisa emas? Tad qi qotlarga qa
raganda, genlarning yuqorida aytilgandek qayta
kombi natsiyalanishiga
sabab shuki, meyoz jarayonida gomologik xromosomalar konyugatsi
yalanganda ularning ma’lum bir foizi o‘z qismlarini ayir boshlaydi yoki
boshqacha
ayt ganda, birbiri bilan chalkashadi. Bunda dastlab gomologik
xromosoma larning birida joylashgan genlar endi turli gomologik xromo
somalarga o‘tib qolishi aniq bo‘ladi. Ular qayta kombinatsiyalanadi. Turli
genlarning chalkashish foizi turlicha bo‘lib qoladi. Bu ular orasidagi ma
sofaga bog‘liq. Genlar xromosomada birbiriga
qancha yaqin joylashsa,
chalkashganda ular shuncha kam ajraladi, birikish
foizi shuncha yuqori
bo‘ladi.
Chunki bunda xromosomalar turli qismlari bilan almashinadi va bir
biriga yaqin joylashgan genlarning birga bo‘lish ehtimoli ko‘p bo‘ladi.
Ana shu qonuniyatlarga asoslanib, genetik jihatdan yaxshi o‘rganilgan
organizmlar xromosomalarining genetik
kartasini tuzishga erishildi,
bu kartada genlar o‘rtasidagi nisbiy masofa ko‘rsatilgan. Drozofila
pashshasida gomologik xromosomalarning chalkashishi
va qismlarining
almashinishi faqat urg‘ochilarda sodir bo‘ladi. Erkak pashshalarda bu
bosqich bo‘lmaydi, shuning uchun ular da bitta
xromosomada joylashgan
genlarning birikishi to‘liq birikish hisoblanadi. Ana shu sababga ko‘ra,
tahlil qiluvchi chatishtirish uchun urg‘ochi pashshalarni olish kerak.
Dostları ilə paylaş: