Mendel o‘z tajribalarida xushbo‘y no‘xat o‘simligining yetti juft irsiy
belgisining nasldan naslga o‘tishini kuzatdi. Keyinchalik olimlarning
ilmiy izlanishi natijasida har xil turga mansub organizmlardagi turli juft
belgilarning irsiylanishi o‘rganilib, Mendel qonunlari isbotlab berildi.
Natijada bu qonunlar umumiy xarakterga ega ekanligi tan olindi. Lekin
keyingi ilmiy izlanishlar xushbo‘y no‘xatning ayrim belgilari — changchi
shakli, gulning rangi nasl larda mustaqil taqsimlanmasligi isbot etildi.
Nasllar otaonaga o‘xshagan holda qoladi. Astasekin Mendelning
uchinchi qonuni asosida bunday belgilar ko‘p to‘plana bordi. Shu narsa
aniq bo‘ldiki, avlodlarda belgilarning ajralishi va kombinatsiyasida
barcha genlar tarqalmaydi. Albatta ixtiyoriy organizmda belgilar soni
nihoyatda ko‘p. Xromosomalar soni esa ma’lum miqdorda bo‘ladi. Har
bir xromosomada juda ko‘p genlar joylashadi. Bunday genlar birbiri
bilan birikkan genlar deyiladi. Ular birikkan guruhlarni tashkil etadi.
Genlarning birikkan guruhi xromosomalarning gaploid to‘plamiga mos
keladi. Misol uchun, odamda 46 ta xromosoma — birikkan guruhi
23 ta, drozofilada 8 ta xromosoma — birikkan guruhi 4 ta, no‘xatda
14 ta xromosoma — birikkan guruhi 7 ta bo‘ladi. Bitta xromosomada
joylashgan genlar quyidagicha irsiylanadi.
Genlar
bir xromosomada bo‘lganda nasldan naslga o‘tish qonuniyatlari
haqidagi masalani T. Morgan va uning shogirdlari mukammal o‘rga
nishgan. Asosan drozofila degan kichik meva pashshasi tekshirilgan
(61 rasm). Bu hasharot genetik tadqiqotlar uchun juda qulay. Drozofila
laboratoriya sharoiti da oson ko‘payadi, serpusht bo‘ladi: ular +25—26
o
C
da har 10—15 kunda yangi nasl beradi, irsiy belgilari juda ko‘p va turli
tuman, xromosomalari oz (diploid soni 8 ta) bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: