120
GENETIKA ASOSLARI
V BO‘LIM
jinsiy xromosomalar soni ikkita — Xxromosomadan, erkaklarda — bitta
X va bitta Yxromosomadan iborat bo‘ladi. Shunga ko‘ra, erkaklarda ikki
xil spermatozoidlar — X va Yxromosomali spermatozoidlar hosil bo‘ladi
(62 rasm).
Ayrim jinsli ba’zi organizmlarda (masalan, ba’zi bir hasharotlarda)
Yxromosoma umuman bo‘lmaydi. Bunday hollarda erkagining xromo
somalari bittaga yetishmaydi: X va Yxromosomalar o‘rnida bitta Xxro
mosoma bo‘ladi. Bu holda meyoz jarayonida erkak gametalar hosil bo‘lib
kelayotganida Xxromosoma kon’yugatsiya uchun sherigi bo‘lmaydi va
hujayralarning biriga o‘tadi. Natijada barcha spermatozoidlarning yarmisi
Xxromosomali, qolgan yarmisi esa undan mahrum bo‘ladi. Tuxum hu
jayra Xxromosomali spermiy bilan urug‘lansa, ikkita — Xxromo somasi
bo‘ladigan to‘plam yuzaga keladi va bunday tuxumdan urg‘ochi orga
nizm rivojlanib boradi. Tuxum hujayra Xxromosoma yo‘q spermiy bilan
urug‘lansa, u holda bitta Xxromosomasi bo‘lgan organizm bunyodga ke
ladi, u erkak bo‘lib chiqadi.
Shu bilan birga tabiatda jins belgilanishining boshqa turi ham borki,
u urg‘ochi jinsning geterogametalik bo‘lishi bilan ta’riflanadi. Bu o‘rin
da hozirgina ko‘rib o‘tilgan munosabatlarning teskarisi bo‘ladi. Urg‘ochi
jinsga har xil jinsiy xromosomalar yoki faqat bir Xxromosoma xos bo‘la
di. Erkak jinsi bir
xildagi Xxromosomalar juftiga ega bo‘ladi. Ma’lumki,
bunday hollarda urg‘ochi jins geterogametali bo‘ladi, holbuki, spermiy
Dostları ilə paylaş: