Chala dominantlik. Birinchi avlod duragaylari bir xil bo‘ladi degan
qonun yuqorida ko‘rib chiqilgan misollarda shu bilan ifodalanadiki, du
ragaylarning hammasi sirtdan ona yoki otaga o‘xshash, ya’ni do mi nantlik
namoyon bo‘lganda amalga oshadi. Bu hamisha ham ku za tilavermaydi.
Geterozigota formalarda belgilar ko‘pincha oraliq xarakterga ega bo‘ladi,
ya’ni dominantlik chala bo‘lishi mumkin. Quyida namozshomgul o‘sim
ligi ikki irsiy formasini chatishtirish natijalari ko‘rsatilgan. Ulardan bir
ining gullari qizil, ikkinchisiniki — oq. Birinchi avlod duragaylarining
hammasi pushti gulli, ya’ni oraliq xarakterda bo‘ladi.
107 GENETIKA ASOSLARI V BO‘LIM sariq
sariq
sariq
yashil
Aa
Aa
A
a
x
sariq
sariq
AA
Aa
Aa
aa
a
A
Chala dominantlik keng tarqalgan hodisadir. Chala dominantlik, ya’ni
oraliq irsiylanish qulupnay mevasining rangi, qushlar patining tuzilishi,
andaluz tovuq patining rangi, odamdagi biokimyoviy belgilarda va
boshqalarda kuzatiladi.
o q
Gametalar
qizil
pushti
Qoramolda shoxsizlik geni shoxlilik genidan dominant bo‘ladi.
Geterozigota buqani shoxsiz geterozigota sigirlar bilan chatishtirishda
qanday natija kutish mumkin? Shoxsiz gomozigota sigirlar bilan
chatishtirilganda nima bo‘ladi? Shoxli sigir bilan shoxli buqadan shoxsiz
buzoq tug‘ilishi mumkinmi?
46- §. Mendelning ikkinchi qonuni Mendelning ikkinchi (belgilarni ajralish) qonuni. Agar geterozigota ho
latdagi F
1
bo‘g‘inlar o‘zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo‘g‘in (F
2
)da ajralish
hodisasi kuzatiladi: o‘zida otaonalaridan ikkalasining belgilari bor o‘sim
liklar ma’lum son nisbatlarida paydo bo‘ladi. Olingan duragaylarning 3/4
qismi dominant belgiga, 1/4 qismi retsessiv belgiga ega bo‘ladi. Yuqoridagi
misolda gomozigota sariq va yashil donli no‘xatlar o‘zaro chatishtirilib, F
1
da sariq donli no‘xatlar olindi. F
1
ni o‘zaro chatishtirib ko‘ramiz: