Shavkatov n. Infratuzlima loyihalarini moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklik munosabatlarining ahamiyatli jihatlari



Yüklə 75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix22.12.2023
ölçüsü75 Kb.
#189787
1   2   3   4   5   6   7   8
infratuzlima-loyihalarini-moliyalashtirishda-davlat-xususiy-sheriklik-munosabatlarining-ahamiyatli-jihatlari (1)

Ilmiy muammolarni qo‘yilishi.
Davlat va xususiy sheriklik (DXSh) ­ “xususiy 
sherik va davlat o‘rtasida davlat mulki yoki xiz­
matlarini taqdim etish bo‘yicha uzoq muddatli 
shartnoma bo‘lib, bunda xususiy tomon muhim 
ish haqi to‘lovi, faoliyat natijasi bilan bog‘liq risk 
va boshqaruv mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi” 
deb ta’riflanadi. [2] (Jahon banki, 2019 yil). DXSh­
ning ildizlarini Leybenshteyn (1966) bilan bog'lash 
mumkin, u «X­samaradorlik» tushunchasini kiritdi, 
davlat va xususiy firmalar o'rtasidagi unumdorlik­
dagi farqlarni mehnatni boshqarish munosabatlari, 
tashkiliy tuzilmalar, rag'batlantirish kabi nomoddiy 
«X­omillar» bilan bog’liq holda bunday amaliyot­
ning samaradorligini o‘rgangan. Leybenshteynning 
[3] takliflariga muvofiq, DXSH hukumatlar va xususiy 
korxonalar uchun ularning faoliyatida yuzaga kel­
adigan samarasizlikni kamaytirish uchun zarur 
bo'lishi mumkin.
Darhaqiqat, davlat­xususiy sheriklik loyihalari 
infratuzilma investitsiyalari uchun kapital miq­
dorini va xususiy sektor tajribasidan foydalanish 
orqali faoliyat samaradorligini oshirishi mumkin, 
ammo bunday jarayonlar har doim ham har bir 
DXSH loyihasi uchun avtomatik ravishda amalga 
oshirilmaydi. Davlat investitsiyalarining klassik shak­
lida infratuzilma loyihalari mamlakatlarning soliq va 
davlat qarzi vositalari tomonidan moliyalashtiriladi 
va infratuzilma aktiviga to‘liq egalik qiladi. [4] Huku­
mat nafaqat infratuzilma ob'ektini quradi, balki u 
o'zi yoki ba'zi pudratchilar yordamida aholiga xiz­
matlar ko'rsatadi. 
Biroq, Davlat investitsiyalari jarayonida muqo­
bil usullardan foydalanish mumkin. Ya'ni infratuz­
ilma loyihasini qurish xususiy pudratchi tomonidan 
amalga oshirilishi mumkin. [5] Mamlakatda davlat 
investitsiyalarining, klassik shaklida, qurilishdan 
to ekspluatatsiya qilishgacha bo'lgan loyihalarn­
ing to'liq tavakkalchiligini o'z zimmalariga olishsa, 
DXSH munosabatlarida daromad olishni maqsad 
qilgan xususiy investor risklarning katta qismini o'z 
zimmasiga oladi [6, 7, 8]. 
56
ИНВЕСтИЦИЯЛАР ВА ИННОВАЦИЯЛАР / ИНВЕСтИЦИИ И ИННОВАЦИИ



Yüklə 75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin