Shavkatov n. Infratuzlima loyihalarini moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklik munosabatlarining ahamiyatli jihatlari


ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ



Yüklə 75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix22.12.2023
ölçüsü75 Kb.
#189787
1   2   3   4   5   6   7   8
infratuzlima-loyihalarini-moliyalashtirishda-davlat-xususiy-sheriklik-munosabatlarining-ahamiyatli-jihatlari (1)

ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ
2023, 4 (164)
Kirish.
Bugungi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan 
mamlakatlar tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, 
davlat­xususiy sheriklik munosabatlari aholi tur­
mush farovonligini yaxshilash, mamlakat infratuz­
ilmasini rivojlantirish va pirovardida,mamlakatlar 
iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashda muhim oʻrin 
tutmoqda. Shuning uchun, bugungi kunda davlat­
xususiy sheriklik amaliyotini mamlakat iqtisodiy­
otida kengroq joriy etish, davlat­xususiy sherikchilik 
munosabatlariga xususiy investorlarni qiziqishini 
oshirish, xususiy investorlarning infratuzilma loyi­
halarini moliyalashtirishdan oladigan daromadlil­
igini oshirish va bu orqali mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirish dolzarb hisoblanadi. Davlat­xususiy 
sheriklik amaliyotida muvaffaqiyatli xorij mam­
lakatlari tajribasini oʻrganish, mamlakatimizda 
qoʻllanishi mumkin boʻlgan jihatlarni tahlil qilish, 
iqtisodiyotimiz uchun xos boʻlgan jihatlarni joriy 
etish muhim hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiy 
taraqqiyotida muhim boʻlgan sohalar, sogʻliqni 
saqlash, taʼlim, transport, energetika sohalarida 
davlat­xususiy sheriklik amaliyotini yanada ken­
groq joriy etish, xususiy investorlarni kengroq jalb 
etish, loyihalarni moliyalashtirishda xususiy inves­
torlar mablagʻlaridan foydalanish muhim ahamiyat 
kasb etadi
O‘zbekistonda ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommu­
nal xo‘jalik, energetika, transport, axborot kommu­
nikatsiya texnologiyalari kabi sohalarni rivojlantirish 
dolzarb bo‘lib turgan ayni vaqtda davlat­xususiy 
sheriklik munosabatlari, ijtimoiy muhim infratuz­
ilma loyihalarini amalga oshirishda xususiy sektor 
mablag‘laridan foydalanish borasidagi islohotlarga 
qaramasdan, sohaga xususiy sektor mablag‘larini 
yo‘naltirish darajasi pastligicha qolmoqda.
Mamlakatimizda 2026­yilgacha xorijiy va mahal­
liy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga 
oshirish va bunda davlat­xususiy sheriklik asosida 
energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, 
ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va 
boshqa sohalarga 14 milliard AQSh dollarga teng 
investitsiya jalb etish [1], hamda, davlat va biznesn­
ing hamkorligini zamonaviy shakllarda tashkil etish, 
loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini aniqlash, 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni o‘zaro 
manfaatli sharoitlarda tezkorlik bilan hal etish, 
shuningdek, davlat­xususiy sheriklik tizimini sama­
rali boshqarish va muvofiqlashtirishni talab etmo­
qda. Bu esa davlat va xususiy sheriklik amaliyotida 
moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha 
ilmiy­tadqiqotlarni keng amalga oshirish zaruriyatini 
belgilaydi.

Yüklə 75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin