ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy va infratuz
ilmaga bo’lgan talabning oshib borishi davlatning
DXSh munosabatlarini kengayishiga ta’sir qiluvchi
eng muhim omil hisoblanadi. Davlat qarzi darajasi
va infratuzilmaga bo'lgan talab DXShni kengay
ishiga eng ko’p ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi.
DSXHlarning potentsial iqtisodiy foydalari ko'p hol
larda ularni asoslash uchun keltirilgan eng muhim
sabablardan biri hisoblanadi [9].
Keltirilgan tadqiqotlarga suyangan holda etirof
etish mumkinki, iqtisodiy rivojlanishiga to‘sqinlik qil
ishi mumkin bo‘lgan asosiy omillardan biri sifatida
infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishiga moliyaviy
resurslarning yetishmasligi hisoblanadi. Shuningdek,
iqtisodiyot tarmoqlarida infratuzilma ob’ektlarini
rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha
zarur investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun
xususiy investitsiyalarning salmog‘ining yetarli dara
jada emasligi va zamonaviy texnologiyalarni jalb
etish darajasining pastligi asosiy muammolardan
hisoblanganligi mazkur yo‘nalishdagi tadqoqitlarni
amalga oshirish lozimligini taqozo etadi va muhim
ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqotlarni amalga oshirishda ilmiy
abstraksiyalash, tasviriy statistika, ekspert bahol
ash guruhlashtirish, dinamik tahlil usullaridan foy
dalanilgan. Tahlil jarayonida statistik ma’lumotlarni
to‘plash, jadval grafiklar, bundan tashqari tasviriy
statistika koʻrsatkichlari va o‘rtacha miqdorlardan
foydalanilgan. Maqolada davlatxususiy sheriklik
munosabatlarini moliyalashtirishda xususiy inves
torlarni ishtiroki tahlil qilingan shu bilan birga mual
lif tomonidan xulosa va takliflar keltirib oʻtilgan.
Tahlil va natijalar. Xalqaro moliya institutlari ko'pincha kam daro
madli mamlakatlarda DXSHni amalga oshirishni
qo’llabquvvatlaydi. Masalan, soliq tushumlari
cheklangan milliy hukumatlar infratuzilmaga sar
moya kiritish uchun boshqa muqobil manbaga ega
bo'lmasligi mumkin. (Osiyo taraqqiyot banki, 2008;
Xalqaro moliya korporatsiyasi, 2009; Davlatxususiy
infratuzilma bo'yicha maslahat fondi, 2013; Birlash
gan Millatlar Tashkiloti, 2009). Fikrimizcha, bunday
sharoitlarda infratuzilmani moliyalashtirishning eng
maqbul variantlaridan biri bu davlat xususiy sheriklik
munosabatlari hisoblanadi.
Rivojlanayotgan
mamlakatlarda
byudjet
mablag’larini yetishmasligi, davlat qarzining bal
andligi, yetarli mablag’larning mavjud bo’lmasligi
rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilmalarni
moliyalashtirishda muqobil manbalardan foydalan
ishga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Past daromadli va
rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday muqobil
moliyalashtirish manbalari orasida Davlatxususiy
sheriklik orqali infratuzlmaga investitsiylar jalb
etish va moliyalashtirish amaliyoti juda keng tar
qalmoqda. Biroq, xususiy biznes iqtisodiymoliyaviy
va siyosiy risklar yuqori bo’lgan muhitda, davlat
xususiy sheriklik munosabatlarida ishtirok etishi
uchun yetarli darajada rag’batlarga ega bo’lmasa,
bunday munosabatlarga qiziqishi yuqori bo’lmaydi.
Aynan shuning davlatxususiy sheriklikda yuzaga
keladigan moliyaviy munosabatlarni tadqiq etish
dolzarb hisoblanadi.
Ushbu tadqiqot ishimizda yalpi ichki mahsulot,
aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad, davlat
byudjeti, davlat qarzi, inflyatsiya, pul massasi kabi
ko’rsatkichlarini DXSh samaradorlik ko’rsatkichlari
va infratuzilmaga xususiy investitsiyalar salmog’iga
ta’sirni makroiqtisodiy jihatdan tahlil qilamiz.
YaIMga nisbatan DXSh loyihalari soni va DXShga
investitsiyalar salmog’i bunday munosabatlarda
tadqiq etilishi lozim bo’lgan muhim ko’rsatkichlar
sanaladi.
Dunyoda iqtisodiymoliyaviy munosabatlarning
globallashuvi, 2022yilning butun dunyoda global
siyosiymoliyaviy keskinlashuvning kuchaygan
ligi, mamlakatlar markaziy banklarining pulkredit
siyosatidagi keskin choralari, byudjet taqchilligi va
davlat qarzlarining oshishi, natijada mamlakatda
infratuzilmaga ajratilishi rejalashtirilgan mablag’lar
ko’lamining keskin kamayishi sabab bo’lmoqda.
“Infratuzlmaga davlat investitsiyalari salmog’ining
kamayishi mamlakat iqtisodiyotiga keskin salbiy
ta’sir ko’rsatadi, bunday sharoitda, davlat xususiy
sektor uchun infratuzilmaga qilgan investitsiyalar
dan oladigan moddiy rag’batini oshirish orqali
xususiy investitsiylarni infratuzilmani moliyalashti
rishga jalb etishi lozim” [10]. Fikrimizcha, DXSh
munosabatlarini mamlakatda rivojlantirish orqali
bunga erishish mumkin bo’ladi.
Jahon miqyosida davlatxususiy sheriklik loyi
halarining amalga oshirilishi yillar kesimida tahlil
qilinganda 20112012 yillar oralig’ida eng ko’p loy
57
ИНВЕСтИЦИЯЛАР ВА ИННОВАЦИЯЛАР / ИНВЕСтИЦИИ И ИННОВАЦИИ