15.1
-
rasm
.Frankfurt shahridagi Badiiy hunarmandchilik muzeyi, Germaniya,
arxitektor R.Meyer, 1979-1984.
15.2. Shaharsozlik yechimi
Muzey binolari uchun joylashuvning shaharsozlik vaziyatiga bog‘liq ravishda
uchta asosiy turini ajratish mumkin:
-
park zonasida
– orol ko‘rinishidagi erkin joylashuv;
-
qurilgan binolar rekonstruksiya qilinayotgan
zonadagi joylashuv;
- shaharning
madaniy markazi tarkibidagi
joylashuv.
Muzey shahar tashqi muhitidan maksimal tarzda ajratilgan bo‘lib, yashil
o‘simliklar bilan himoyalangan, havoni filtrlash va tozalash tizimi bilan
jihozlangan bo‘lishi lozim. Muzey shahardagi imoratlar o‘rtasida joylashtirilsa, u
holda uning uchastkasi aniq ajratilishi zarur. Muzey binosi orol ko‘rinishida
joylashtirilganida, uning chegaralarini shartli ravishda ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi.
Muzey uchastkasiga yondosh shahar yoki park hududi ham, garchi, rasman
muzeyga tegishli bo‘lmasada, agar muzeyning tashqi qiyofasiga mos tushsa va
uzviyyaxlitlikni tashkil etadigan bo‘lsa, muzeyga taalluqli bo‘lishi mumkin. Muzey
uchastkasi kelgusida muzey kengaytirilishi uchun imkoniyat berishi lozim. Muzey
uchastkasining maydoni kolleksiyalar o‘lchami va turiga bog‘liq tarzda
belgilanadi. Muzey uchastkasi quyidagi funksional zonalarga bo‘linadi: kirish,
241
ekspozitsiya, rekreatsiya, xo‘jalik. Barcha zonalar, ayniqsa, birinchi uchta zona
aniq bo‘linishga ega bo‘lmasliklari mumkin.
Kirish zonasi
. Muzeyga kirish zonasi “qizil liniya”dan kamida 15 metr
masofada joylashib, ba’zida ochiq joydagi eksponatlar o‘rnatilgan holda,
psixologik tayyorgarlik zonasini tashkil qilishi lozim. Muzeyga yaqinlashishda bu
zonada psixologik nuqtai nazardan vaekspozitsiya bilan tanishish uchun diqqat
yo‘nalishini o‘zgartirish maqsadida tashrif buyuruvchilarga zarur bo‘lgan pauza
yaratiladi. Kirish zonasini obodonlashtirishda kichik me’moriy shakllar, axborot va
reklama vositalari, ayrim hollarda esa – yirik va predmetli eksponatlar ishlatiladi.
Kirish zonasi yaqinida ekskursiya avtobuslari va avtomashinalar turargohi tashkil
qilinadi. Kirish zonasi, bino joylashuvi va uning tevaragiga bog‘liq ravishda,
hashamdor va tantanavor yoki, aksincha, oddiyroq qilib tashkil qilinishi mumkin.
Muayyan shaharsozlik sharoitlarida jamoat markazi maydonining bir qismi
muzeyga kirish zonasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Avtomobil turargohlari 100
ta tashrif buyuruvchi uchun 10-15 o‘rin hisobidan tashkil qilinadi.
Ekspozitsiya zonasi
funksional va kompozitsion nuqtai nazardan eng muhim
ahamiyatga ega. Ekspozitsiya muzey uchastkasida bino yaqinida joylashishi yoki
tomoshabinlarni jalb qilish maqsadida ko‘cha bilan bog‘langan bo‘lishiham
mumkin. Bu zona relefning tabiiy imkoniyatlariva obodonlashtirish elementlaridan
foydalanib tashkil etilgan xushmanzarali rejaviy tuzilmasi bilan ajralib turadi.
Ekspozitsiya, aksariyat hollarda, bino yaqinida, ichki hovlilar va birinchi qavatning
qurilmalari bo‘lmagan qismi – galereya, o‘tish yo‘llari va shu kabilarda
joylashtiriladi. Ekspozitsiya, muzeyning ta’sir zonasiga yon-atrofdagi maydonlarni
kiritish maqsadida,muzey yoniga, tomoshabinlar yig‘iladigan joylarga olib
chiqilgan holda, ko‘cha yoki maydon bilan bog‘lanishi mumkin. Ochiq
ekspozitsiya uchun rivojlangan sokolli qavatlar qoplamalari, maxsus podiumlar va
maydonchalar ajratiladi. Ba’zida, eksponatlarni turli rakurslardan ko‘rish uchun,
ekspozitsiya relef bo‘yicha turli, jumladan chuqurlashtirilgan sathlarda ham
joylashtiriladi. Eksponatlari chimli ochiq maydonchalarda, daraxtlar guruhi ichida
joylashtirilgan xushmanzarali rejaviy tuzilmalar keng tarqalgan.
242
Bunday joylashtirishda tomoshabinlar muayyan manzaraga ega yo‘nalish
bo‘yicha harakatlanadilar.
Dostları ilə paylaş: |