235
O‘rinlarning yon chegaralari portaldan chiquvchi 30
0
gradusli
gorizontal
burchak chegaralarida belgilanadi; o‘rinlarning orqa chegarasi sahna “qizil
liniyasi” (parda liniyasi)dan 27 metrdan uzoq bo‘lmasligi zarur. Klub foyesi tabiiy
yoritilganlikka ega bo‘lib, shuningdek universallik talablariga javob berishi, ya’ni:
turli ko‘rgazmalar, raqs kechalarini o‘tkazishda foydalanilishi, vestibyul
funksiyalarini bajarishilozim. Klublardagi o‘yin maydonchasi ikki turda bo‘lishi
ko‘zda tutiladi: tomosha zali bilan birlashtirilgan estrada yoki zaldan portal devor
bilan ajratilgan sahna.
Klub faoliyati yuritiladigan xonalar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- leksiyaklublar arxite zali yoki auditoriyasi;
- kutubxona;
- turli to‘garaklar xonalari;
- mehmonxonalar;
- sport zali;
- raqs zali;
- dam olish xonalari.
Ko‘p
funksionallik, ikki qismga bo‘linganlik, moslashuvchan tarzda
rejalashtirilganlik, ikkala qismining alohida faoliyat ko‘rsata olishi klublar
arxitekturasining o‘ziga xos tipologik jihatlaridan biridir. Ana shu o‘ziga xos
xususiyatlar klublarni jamiyatning ijtimoiy hayotida doimo
zarur va talab etilgan
hamda ommabop jamoat binolari sifatida e’tirof etilishiga xizmat qiladilar. Ko‘p
funksiyali bino sifatida zamonaviy klubga quyidagi tipologik jihatlar xos:
- ijtimoiy nuqtai nazardan bu binolar, birinchi navbatda, odamlarning o‘zaro
muloqot qiladigan joyi hisoblanadilar;
- funksional dasturda, klub faoliyati bilan bog‘liq xonalardan tashqari, ofis,
savdo do‘konlari, axborot markazi, restoranlar ham bo‘lishi lozim;
- ichki va tashqi kommunikatsiyalarga alohida e’tibor berilishi lozim;
- kompozitsion jihatdan ikkita yondoshuv yaqqol ko‘zga tashlanadi:
kompleksning ko‘p funksiyali elementlari avtonom tarzda mavjud bo‘lishini
236
ta’minlovchi rivojlangan ko‘p
hajmli kompozitsiya; barcha xonalarni
joylashtirishdagi yaqqol vertikal zonalashning ustuvorligi;
- aksariyat hollarda sfera,
parallelopiped, piramida kabi “toza” geometrik
shakllarga murojaat qilinishi;
- tashqi kompozitsiya rejalashtirish tuzilmasi orqali ifodalanishi;
- bo‘shliqlardan samarali foydalanish;
- badiiy obrazning yuqori darajadagi ifodalilikni va ramziylikni ta’minlab
berishi.
Bugungi kunda klub binolarining yangi turi – ishbilarmonlar klubi –
shakllanmoqda. Ishbilarmonlar klubi madaniy hordiq chiqarish maskani sifatida
o‘zining ikki asosiy: ishbilarmonlar uchun dam olish va o‘zaro
muloqot muhitini
yaratish funksiyalarini mujassamlashtirish natijasida shakllanadi. Shunday qilib, bu
turdagi klub binolarining tarkibida, tomoshalarni namoyish qilish va an’anaviy
klub faoliyatidan tashqari, ishbilarmonlik bilan bog‘liq
faoliyat uchun xonalar
zonasi ham ko‘zda tutiladi. Bunday zonalarda ofis xonalari guruhi, muzokaralar
uchun
alohida xonalar, majlislar zali, shuningdek universal vazifali bir qator
xonalar loyihalashtiriladi.