Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

16.4. Kompozitsion sxemalar 
Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun quyidagi kompozitsion yechimlar 
mavjud: 
- markaziy; 
- frontal; 
- chuqur (ichkari); 
- burchakli. 
Xizmat ko‘rsatishning 
markazlashtirilgan
sxemasida xonalar bino markazida, 
ovqatlanish zallari esa ular atrofida perimetr bo‘ylabjoylashtiriladi. Bunday sxema 
bir nechta ovqatlanish zallariga ega korxonalarda qo‘llaniladi. 
Frontal
 
sxemada savdo zallari binoning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha, savdo bilan 
bog‘liq bo‘lmagan xonalarga parallel tarzda joylashtiriladi. 
Chuqur (ichkari)
sxemada savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan xonalar savdo 
xonalari orqasida, binoning ichkarisida joylashtiriladi. Bunday sxema katta 
bo‘lmagan umumiy ovqatlanish korxonalarida qo‘llaniladi. Burchakli sxemada 
savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan xonalar rejaning burchaklaridan birida 
joylashtirilib, ovqatlanish zaliga ikki tomondan qo‘shiladi. Bunda ikkita variant 
qo‘llanilishi mumkin: ovqatlanish zali tashqi yoki ichki burchakda joylashtiriladi. 


271 
II QISM BOʻYICHA NAZORAT SAVOLLARI 
 
1.
Jamoat binolarining shaharsozlikdagi roli haqida gapirib bering. 
2.
Fazoviy strukturasini shakllantirishning qanday prinsiplarini
bilasiz? 
2.
Jamoat binolari ichki muhitini tashkil etishda nimalarga e’tibor qaratish 
lozim? Nima uchun? 
3.
Tarhiy element nima?
4.
Jamoat binolari umumiy tarhiy elementlari haqida gapirib bering. 
5.
Jamoat binolari o‘zining asosiy vazifalari ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 
6.
Binolar klassifikatsiyasini gapirib bering. 
7.
O‘quv tarbiya va ilmiy muassasalar binolariga qanday talablar qo‘yiladi 
8.
Tomosha binolariga qanday talablar qo‘yiladi? 
9.
Sport inshootlariga qanday talablar qo‘yiladi? 
10.
Savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish binolariga qanday talablar qo‘yiladi? 
11.
Ma’muriy va kommunal xizmat ko‘rsatish binolariga qanday talablar 
qo‘yiladi? 
12.
Transport inshootlariga qanday talablar qo‘yiladi? 
13.
Davolash, profilaktika binolariga qanday talablar qo‘yiladi? 
14.
Jamoat binolarining muhandislik qurilmalari haqida gapirib bering.
15.
Maktab binolari tiplarining nomenklaturasi nima uchun xilma-xil? 
16.
Asosiy o‘quv xonalari o‘z tarkibiga nimalar kiradi? 
17.
Umumta’lim maktabi tarxiy strukturasini funksional zonalashtirishga 
misollar keltiring. 
18.
Maktab muhitiga qanday talablar qo‘yiladi? 
19.
O‘quv jarayonining o‘tkazilishiga qanday talablar qo‘yiladi? 
20.
O‘quv muassasalari binolariga qanday gigienik talablar qo‘yiladi? 
21.
Chet el amaliyotida sinf xonalarining qanday shakllari mavjud? 
22.
Rekreatsiya nima? Uning qanday turlarini bilasiz? 


272 
23.
O‘quvchilarning psixologik faolligini oshiruvchi arxitekturaviy 
muhitlarga nimalar kiradi? 
24.
Hozirgi vaqtda binolarning fasad qismlarini ochish va “qirqish” yo‘li 
orqali katta yuzalarni oyna bilan qoplash evaziga binolar arxitekturasida 
yaltiroqlikning hosil qilinayotganligini kuzatish mumkin. Siz uni qanday 
baholaysiz? 
25.
Intererlarda monumental dekorativ san’atning elementlari qanday rolni 
bajaradi. 
26.
Kinoteatrlarning qanday asosiy turlari mavjud? 
27.
Kinoteatrlar sig‘imi nimaga qarab belgilanadi? 
28.
Kinoteatr binolari intereriga qanday talabalar qo‘yiladi? Nima uchun? 
29.
29.Teatr binolari intereriga qanday talabalar qo‘yiladi? Nima uchun? 
30.
Sirk binolari intereriga qanday talabalar qo‘yiladi? Nima uchun? 
31.
Muzey binolari intereriga qanday talabalar qo‘yiladi? Nima uchun? 
32.
Dunyoda birinchi stadion qachon va qaerda qurilgan? 
33.
Birinchi stadionning o‘lchamlari va shakli qanday bo‘lgan? 
34.
O‘lchamlariga ko‘ra stadionlar qanday turlarga bo‘linadi?
35.
Bosh rejada stadion qanday asosiy qismlarga bo‘linadi? 
36.
Amaldagi stadionlarni loyihalash me’yorlarida qanday tavsiyalar
berilgan? 
37.
Zamonaviy stadionlarda bir yarusli tribunalarga nisbatan ikki qavatli
tribunalarni qo‘llash odat tusiga kirmoqda. Nima uchun? 
38.
Yopiq sport suv havzalariga qanday talablar qo‘yiladi? 
39.
Sport inshootlarining yordamchi xonalariga qanday talablar qo‘yiladi. 
40.
Yopiq bozorning o‘ziga xos tomonlarini ochib bering. 
41.
Yopiq bozorlar xizmat ko‘rsatish radiusi qanday bo‘lishi kerak? Nima
uchun? 
42.
Bozor intererida qanday ranglardan foydalanish kerak? Nima uchun? 
43.
Savdo markazlariga qanday talablar qo‘yiladi? 


273 
44.
Savdo markazlari uchun qanday hajmiy-rejaviy qurilmalar
xarakterlidir? 
45.
Umumiy ovqatlanish muassasalariga qanday talablar qo‘yiladi?
46.
Umumiy ovqatlanish muassasalari intererida nimalar hisobga
olinishi zarur. 
47.
Boshqarma muassasalar turlarini ko‘rsating. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin