Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3.18-rasm. 
Ko‘p qavatli Turar-joy binolarida 
ishlatiladigan liftlar: 
A – 400 kg, 630 kg, 320 kg, 500 kg yuk 
ko‘taruvchi yo‘lovchi liftlar;
B – lift shaxtasi bo‘yicha qirqim. 
Chiqindi 1-qavat yoki yer osti qavatiga joylashgan qabul qilish kamerasiga 
tashlanadi, u yerdan esa maxsus mashinalar orqali olib ketiladi. Chiqindi 
o‘tkazgichlarni kabinalar bilan o‘rash man qilinadi, chunki bu holatda ularni 
ishlatishni kuzatish qiyin bo‘lib qoladi. Galereyali uylarda chiqindi o‘tkazgichlarni 
o‘rnatish tavsiya qilinmaydi, chunki qishning sovuq paytida ular yaxlab tiqilib qolishi 
mumkin.



70 
IV BOB. LIFTSIZ TURAR-JOY BINOLARI
4.1. Liftsiz Turar-joy binolarining tasnifi 
Liftsiz Turar-joy binolari o‘zining tipologik xususiyatidan kelib chiqib ikki 
guruhga bo‘linadi va o‘zining hajmiy- tarhiy jihatidan bir-biridan farqlanadi.
 
Buni 
liftsiz turar uylarning tipologik sxemasida ko‘ramiz (4.1-rasm).
 
4.1-rasm. 
Liftsiz uylarning tipologik sxemasi. 
Birinchi guruhga hudud bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan xonadonli turar uylar 
kiradi. Bunday uylarning har bir xonadoni o‘z yer maydoniga ega bo‘lishi mumkin. 
Uylar qavatlari kamroq, qoida bo‘yicha, bir, ikki qavatli bo‘ladi. Ayrim hollarda, bu 
guruh uylari ko‘p qavatli ham bo‘ladi (uch va xatto to‘rt qavatli). 


71 
Ommaviy qurilishning zamonaviy amaliyotida hudud bilan bevosita aloqaga ega 
xonadonli uylarning ikki turidan foydalaniladi. Bu bir xonadonli (yakka tartibdagi 
uylar) va ikki xonadonli turar uylar, hovlisi bilan va qo‘shimcha xo‘jalik 
qurilmalariga ega bo‘lib, bularni hovlili uylar deb nomlanadi, hamda ko‘p xonadonli, 
blokli uylar, bu bloklarning har biri tashqariga chiqishiga ega bo‘lib, turli xonali 
xonadonlardan tashkil topgan. Blokli uylarni qurishda har bir xonadon o‘z yer 
maydoniga ega bo‘lishi imkoniyati mavjud bo‘ladi (4.2 A, B -rasm). O‘zbekiston 
Turar-joylar strukturasida hovli asosiy element ekanligi yaqqol ko‘rinib turadi, buni 
hattoki “qo‘rg‘oncha uy” o‘rniga “hovli” so‘zining qo‘llanilishidan bunday turdagi 
uylar hovlili turar-joy deb yuritiladi. 
Liftsiz uylarning boshqa guruhiga umumiy kommunikatsiya – zinapoya, 
galereya va yo‘laklar orqali xonadonlardan chiqish yo‘liga ega, ko‘p xonadonli turar 
uylar kiradi. Ular shaxsiy (individual) xonadon oldi yer uchastkasiga ega emas. 
Ularda yashovchi aholining dam olishi va xo‘jalik ehtiyojlari uchun, bu uylarda 
umumiy foydalanishga mo‘ljallangan yashil maydonchalar va maxsus: xo‘jalik, sport 
va o‘yin maydonchalari ko‘zda tutiladi (4.2 II -rasm).
Bu
 
guruhga kiruvchi turar-joy binolari o‘rta qavatdan iborat bo‘lib, 3 - 5 
qavatdan tashkil topadi. O‘rta qavatli Turar-joy binolari o‘zining hajmiy-tarhiy 
yechimiga ko‘ra seksiyali, galereyali va yo‘lakli, bir seksiyali va aralash xildagi 
uylar (seksiya-galereyali, seksiya yo‘lakli) turlariga bo‘linadi. Bizning iqlim 
sharoitda Turar-joy binolarini loyihalashda asosiy e’tiborni yozgi mavsumga qaratish, 
ulardan foydalanishda tashqi sirtlarning qizib ketishidan himoyalash va xonalar 
ichida ijobiy mikroiqlimni yaratish taqozo etiladi. 


72 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin