Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 


89 
 
 
4.13-rasm. 
Seksiyalar sxemasi. 
 
Xonadonlarning sonini zinapoyani 4-katagiga nisbatan ko‘paytirish, vertikal 
kommunikatsiyalarni narxini kamaytirishga intilishdan kelib chiqadi, ko‘p xonali 
seksiyalar urushdan keyingi yillarda juda ko‘p tarqalgan bo‘lib, turar uy-joy krizisi 
davrida ko‘p xonali xonadonlarning qurilishiga olib keldi. Asosiy tiplaridan biri, 2 
xonali xonadonlardir. Eng ko‘p tarqalgani esa 1 xonali xonadonlar bo‘ladi. Natijada 
asosan seksiyalar uch xonadonlik (2-2-2 va 2-1-2) va to‘rt xonadonli (2-2-2-2, 1-1-2-
2) bo‘lib shakllandi. 
Tajriba shuni ko‘rsatdiki, 2 xonadonli seksiyalarda yelvizak qilib shamollatish 
talablari butunlay qoniqtiriladi va quyoshga qaratib joylanishida gorizontni ikki 
qarama-qarshi tarafiga joylashadi, uch xonadonli seksiyalarda esa faqat 2 
xonadongina qoniqarli yechilgan bo‘lsa, uchinchi xonadon esa bir tarafga qarab 
qoladi va yelvizak qilib shamollatib bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi. To‘rt xonadonli 
seksiyalarda esa hamma xonadonning yechimi qoniqarsiz bo‘lib qoladi. Shunday 
qilib to‘rt xonadonli seksiyalar O‘zbekiston sharoitida qurilishga noqulay deb 
hisoblansa, uch xonadonli seksiyalarni esa ayrim sharoitlardagina qurishga ruxsat 
etiladi. Eng yaxshi yechimga faqat ikki xonadonli seksiya egadir. Eng chekkadagi 
uch xonadonli seksiyalarda ikki xonadon burchakli shamollatish va oriyentatsiya 


90 
bilan ta’minlanishi mumkin bo‘lganligi sababli ularni uch xonadonli qilib tarh 
yechimini yechish mumkin, shuning uchun chekkadagi seksiyalar uch xonadonli qilib 
loyihalashga ruxsat beriladi (4.14-rasm). 
4.14-rasm. 
Seksiyali uylarning tarhiy yechimi: 
A-seksiyalarning turlari; B-yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan oriyentatsiyaga ega ikki 
xonadonli seksiyalar; a,b - chegaralanmagan oriyentatsiya; v,g - qisman 
chegaralangan oriyentatsiya. 


91 
Turar uy-joylar bir seksiyali bo‘lsa ularga to‘rtta xonadonni joylashtirish mumkin, 
chunki ularning har biri burchakli shamollatish imkoniyatiga egadir, shuning uchun bu 
sistema mumkin bo‘lgan tarhiy yechimlarga olib keladi (4.15-rasm). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin