Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
4.4. Seksiyali uylar 
Seksiyali turar-joy uylari qavatlar, uzunligi hamda konfiguratsiyasi bo‘yicha 
farq qiladigan bir tipli bir nechta blok-seksiyalardan tashkil topadigan binodir. 
Cekstiya (bo‘linma) deb bir guruh xonadonlarni zinapoya yoki lift tuguni 
atrofidagi to‘plamga aytiladi. Har bir qavatda ikki, uch yoki to‘rt xonadon birlashib 
seksiyani, ya’ni uning yirik bir to‘plamini tashkil etiladi. Seksiyalarning tarhiy 
yechimi xonadonlarlar soniga qavatlardagi zinapoya tuguni maydonchasiga 
chiqiladigan joyga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p sonli a’zolarga ega bo‘lgan oilalarni bir, 
ikki, uch xonali (kichik va o‘rta kattalikdagi oilalar uchun) xonadonli bloklashtirilgan 
uylarga joylashtirishni e’tiborga olgan holda bitta qavatga uch yoki to‘rtta blok 
seksiyalarni ishlab chiqish tavsiya etiladi. 
Xonadonlarning oriyentatsiyasi insolyatsiya talablariga javob bermog‘i lozim, 
ya’ni bir-, ikki-, uch xonali xonadonlarning kamida bitta xonasiga quyosh nurlarining 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishini ta’minlash taqozo etiladi. 


88 
Bino hajmini ratsional yechish ko‘pincha minimal issiqlik yo‘qotuvchanlikni 
ta’minlash orqali aniqlanadi. Bunga korpus enini kattalashtirish, tabiiy yorug‘lik 
tushishiga ehtiyoj sezilmaydigan xonalarni o‘rta qismga joylashtirish bilan erishish 
mumkin, bunda yashash xonasining enini tashqi devorlarga biriktirish taqozo etiladi. 
Kam va o‘rta qavatli (2-5 qavatli) liftsiz ko‘p seksiyali uylarda asosan ikki 
marshli zinapoyalar qo‘llaniladi, bu zinapoya marshlari seksiyaning o‘rta qismiga 
yoki hovli tomonga yaqin bo‘lgan qismga joylashlashtiriladi (agar bu shimoliy 
oriyentatsiyaga mos tushsa) shunday yo‘l tutish bilan gorizontning quyosh nurlari 
ko‘proq tushadigan tomoniga yashash xonalarini ko‘proq joylashtirishga erishish 
mumkin. 
Yashash seksiyalari asosan to‘g‘ri burchakli modulli koordinatsion to‘r asosida 
loyihalanadi, bu esa xonadon elementlarining (yashash va yordamchi xonalar, 
zinapoya marshlari) tabiiy shakliga ko‘p darajada mos keladi. Biroq tarhiga ko‘ra 
oddiy bo‘lgan blok-seksiyalarni ijodiy uyg‘unlashtirish yashash komplekslarining
kompozitsion qurilishi (tuzilishi) va qiyofasi bo‘yicha turli xil ko‘rinishlardan 
binolarni yaratishga olib keladi. Buning uchun seksiyalarning uchta asosiy - bir 
qatorli oddiy-qatorli (ryadovoy), burchakli (uglovoy), chekkali (torstevoy) turlari 
qo‘llaniladi. Eng ko‘p tarqalgani bu oddiy seksiya bo‘lib, u bir xil paytda chekkali 
seksiya o‘rniga ishlatiladi (4.13-rasm). 
 Qatorli seksiya
– bu seksiya, qoidaga ko‘ra to‘g‘ri burchakli shaklga ega bo‘lib, 
u yashash uyining ikkita boshqa qismlari orasiga joylashtiriladi. Seksiyaning 
devorlaridan biri qo‘shni qatorli seksiya bilan bloklashtiriladi. Ko‘ndalang yon 
tomonli seksiya ko‘ndalang seksiya ko‘ndalang tashqi devor konstruksiyasini 
o‘zgartirish bilan qatorli seksiya tarhini takrorlaydi.
Seksiyalar ikki, uch, to‘rt xonadon uchun loyihalashtirilgan bo‘ladi, 
xonadonlarning soni oshib ketsa, ularga zinapoya maydonidan kirish qiyinlasha 
boradi. Shuning uchun yo‘laklarni ishlatishga majbur seksiya tipidagi uylar yo‘lakli 
tipdagi uylarga aylanib qoladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin