86
O‘rta qavatli uylarning asosiy qurilmalari /konstruksiyalar/
O‘rta kavatli Turar-joy binolari asosan 3 ta konstruktiv qurilmadan iborat
bo‘ladi:
- g‘ishtdan ko‘tarib turuvchi devor va to‘sib turadigan qurilma;
- katta paneli ko‘tarib turuvchi devor va to‘sib turadigan qurilma;
- karkas-panelli va karkas (sinch) g‘ishtli qurilma.
Ko‘p ishlatiladigan bu g‘ishtli ko‘tarib turuvchi devor qurilma bo‘lib, qurilishni
to‘liq industriallashtirib bo‘lmaydi, shunga qaramay u juda ko‘p tarqalgan. Bu
qurilma yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lib, har xil ixcham loyihani yechishga,
kuchli yer
qimirlashda o‘zining mustahkamligi bilan farq qiladi. Besh qavatgacha bo‘lgan
binolarni katta g‘isht zavod bazalari Respublikani g‘isht bilan ta’minlab tura oladi.
Shuning uchun pishiq g‘ishtdan bo‘lgan qurilish hozirgi kunda keng qo’llanilmoqda.
Toshkentda, Navoiy, Farg‘ona, Samarqand va O‘zbekistonning boshqa
shaharlarda katta panelli qurilish keng ko’lamda qo‘llanilgan. Katta zavodlar qurilgan
joylarda panelli va temir-beton buyumlar uy qurilishi kombinati bo‘lsa, tayyorlash
vaqtini qisqartirishi va qurilish narxining kamayishi,
zavodda tayyorlash sifatini
oshishi o‘rta qavatli Turar-joy binolarini qurishda ancha qo‘l keladi. Zamonaviy
katta panelli uylarning ham kamchiligi bor. Undagi eng katta kamchilik issiq saqlash
va tovushni o‘tkazish, yozda uylarni qattiq isib ketishi, qurilish natijasida dahalar
juda zerikarli, bir xil ko‘rinishda bo‘lib qolishi shular jumlasidandir.
Turar-joylarni loyihalaganda har tomonlama
iqtisodiy jihatdan unumli
foydalanish lozim. Turar - joy binolarining energiya tejamkorlik xarakteristikalariga
quyidagilar orqali erishiladi:
-
bino hajmining ko‘p qirraliligini kamaytirish yo‘li orqali tashqi devorlarning
sirti yuzasini qisqartirish evaziga;
-
xonalarning yoritilishi bo‘yicha me’yoriy ko‘rsatkichlar saqlangan hollarda
korpus enini oshirish evaziga;
-
binoning uzunligini oshirish (shaharsozlik
talablarini optimizatsiyalash, ya’ni
maqbullashtirishni hisobga olish) evaziga;
-
qavatdagi xonadonlar maydonini jamlashtirishni oshirish evaziga;
87
-
turar-joy uyining issiqlik samaradorligining oshirishga shart-sharoit
yaratadigan tarhiy elementlarni qo‘llash orqali.
Turar-joy binolarida shovqinni pasaytirishga quyidagi chora-tadbirlarni amalga
oshirish yo‘li orqali erishiladi:
-
maxsus
shovqin
himoyalovchi
planirovkani
magistral
ko‘chaga
oriyentatsiyalash orqali: bunda xonadonlardagi yordamchi va xo‘jalik xonalarini uch
xonali xonadonlarning umumiy xonalarini hamda xonadon tashqarisidagi xonalari
(zinapoya tuguni) ko‘zda tutiladi;
-
bino tashqi to‘siq devorlariga shovqin himoyalovchi
konstrukti vositalarni
o‘rnatish orqali;
-
yuqori tovush himoyalovchi xossalarga ega bo‘lgan derazalar va balkon
eshiklarni o‘rnatish orqali;
-
shovqindan himoyalovchi texnik vositalar, jumladan klapan-so‘ndiruvchi
moslamalarni qo‘llash orqali (bunda xonadonda me’yoriy havo almashinuvini
ta’minlashni e’tiborga va hisobga olish taqozo etiladi.)
Dostları ilə paylaş: