24
II-BOB. TURAR-JOY BINOLARINI LOYIHALASHGA TA’SIR QILUVCHI
ASOSIY OMILLAR
2.1.Turar uy - joy qurilishida shaharsozlik talablari
Shahar, Turar-joy hududiga yoki alohida Turar-joy uyiga yer sathini tanlash o‘ta
ma’suliyatli ishdir, chunki bu yerda aholining yashashi uchun hamma shart-sharoitlar
mavjud bo‘lishi va kelgusi avlodlarning yashashlarini hisobga olish zarur.
Shaharsozlik masalari alohida asosiy kursda o‘tiladi.
Shuning uchun, biz qator
talablar bilan chegaralangan holda alohida turar uy
joyini qurish uchun maydon
tanlanadi. Ushbu tanlangan yer maydoni turar uy joy uchun yer sathi balandroq,
ya’ni
suv
to‘planmaydigan,
yerga
suv
shahobchalari
o‘tkazish
va
ko‘kalamzorlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan, undan
tashqari sanoat va ishlab
chiqarish korxonalaridan sanitariya - gigiyenik jihatdan uzoqroq masofada bo‘lishi
kerak. Shuningdek, bino boshqa Turar-joy va jamoat binolaridan
uzoqroq masofada
joylashishini, quyoshga nisbatan yaxshi oriyentatsiyada bo‘lishi va tabiiy
shamollatilishini ta’minlamoq lozim. Turar-joy uyi bundan tashqari ko‘cha
shovqinidan, transport harakatidan muhofazalangan bo‘lishi kerak.
Turar-joy binolarini shahar va qishloq hududlarida joylashtirishni shaharsozlik
loyihasi bo‘yicha ShNK 2.07.01ning talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ommaviy uy-joy qurilish uchun 4-qavatdan baland bo‘lmagan; Oqvalashtirilmagan
(kanalizatsiyalashtirilmagan) shahar va qishloqlarda 1-2 qavatli binolar qo‘llanilishi
lozim. 9-12 qavatli binolar yirik shaharlarninng markazida qurish uchun qo‘llash
mumkin;
16
qavatli
binolar
maxsus
(alohida)
asoslar
bo‘yicha
va
Davarxitektqurilishning ruxsati bo‘yicha qo‘llaniladi.
Ommaviy uy-joy qurilish
uchun 4-qavatdan baland bo‘lmagan; kanalizatsiyalashtirilmagan shahar va
qishloqlarda 1-2 qavatli binolar qo‘llanilishi lozim.
Turar-joy uyga avtomobillar
kirishi uchun yo‘lakcha ajratilishi, bundan tashqari uy atrofi ko‘kalamzorlashtirilgan
hudud va suv o‘tkazilgan ariqchalar bo‘lishi, sport maydonchalari, soyabonlar,
kattalar dam oladigan va bolalar uchun maydonchalar ko‘zda tutilishi lozim. Bu
O‘zbekiston tabiiy iqlim sharoitida muhim omillardan biridir.
25
Yer sathi qo‘shni uylar va tuman markazi hamda bolalar bog‘chasi, maktab,
savdo, madaniy va maishiy xizmat ko‘rsatish joylari bilan qulay bog‘langan bo‘lishi
kerak. Turar - joy kompleksining ko‘kalamzorlashtiriladigan
hududining yuzasini
6m
2
/kishi
dan
kam
bo‘lmagan
yuzada
qabul
qilish
taqozo
etiladi.
Ko‘kalamzorlashtiriladigan hudud maydoniga shuningdek, katta yoshli kishilar uchun
mo‘ljallangan
dam
olish
maydonchalari,
bolalarga
mo‘ljallangan
o‘yin
maydonchalari va piyodalar yo‘lakchalari (agar bu yo‘lakchalarning yuzasi
ko‘kalamzorlashtiriladigan hududning – 30% dan kamrog‘ini egallasa) ham kiritiladi.
Birinchi qavatda xonadonlarga ega bo‘lgan turar-joy binolarini qoidaga ko‘ra
qizil chiziqdan ancha chetroqda joylashtirish taqozo etiladi. Qizil chiziq bo‘yicha
ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi xonalari birinchi qavatga ichki qurilgan yoki birinchi
qavatga qo‘shib qurilgan binolarni joylashtirishga ruxsat beriladi.
Turar-joy
qurilishini loyihalashtirishda maydonchalarni me’yoriy hujjatlar orqali joylashtirish
ko‘zda tutiladi, bu maydonchalarning o‘lchamlari va ulardan turar-joy hamda jamoat
binolarigacha bo‘lgan masofa 2.1-jadvalda ko‘rsatilgan masofadan kam bo‘lmagan
o‘lchamda qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: