Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

1.2-rasm. 
Turar-joy binolarining tasnifi. 
Seksiyali uylar har xil sig‘imdagi xonadonlar (bir xonali xonadonlardan to ko‘p 
xonali xonadonlargacha) ishlatiladi. Bu tarxiy xildagi uylar qurilishida eng ko‘p 
ishlatiladigani va tarqalgani bo‘lib universal ahamiyatga egadir. Bu xildagi uylarni 
ishlatish (3-4 xonali va ko‘p xonali) xonadonlar uchun qulaydir.


12 
Seksiya xilli turar-uylar o‘zining turli-tuman rejaviy tuzilishi, yaxshi texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlari va shaharsozlikdagi qulayligi sababli keng tarqalgan. 
Yo‘lakli (koridorli) uylarda xonadonlarga kirish zinapoya va liftlarga olib 
boruvchi yo‘laklar orqali amalga oshiriladi (1.3b-rasm). Yo‘laklardagi xonadonlar 
soni ixtiyoriy bo‘lishi mumkin, faqat zinapoyalar orasidagi me’yoriy masofaning 
saqlanishi muhimdir. Bunday uylar qavatlari turlicha bo‘lishi mumkin (3 tadan 
yuqori). Yo‘lakli xildagi uylar ham galereya tipidagi uylarga o‘xshab vertikal va 
gorizontal yo‘laklar orqali uyni qavatlari bilan bog‘lanishga egadir. Bu uylar ham 
vertikal bog‘lanish vositalariga, yetarli darajada zo‘riqishga ega bo‘lib, ular kam 
xonali xonadonlar qurilishida unumli hisoblanadi. 
Keyinchalik, yo‘lakli uylar sezilarli holda mukammallashtirilgan, xususan Le 
Korbyuze loyihalarida, u xonadonlarni ikki sathli qurish va yo‘laklarni esa qavatlar 
oralab joylashtirish g‘oyasini rivojlantirgan. Ammo, turli mamlakatlarda amalga 
oshirilgan, 60-70 yillar boshlarida qurilgan uylarda bu tizimning bir qator qiziqarli 
interpretatsiyalariga qaramasdan, yo‘lakli uylar ommabop qo‘llanilgan. Yo‘lakli tizim 
mehmonxonalar va yotoqxonalar rejasida ustun turadi. 
Galereya tipidagi uylar vertikal (tikka) bog‘lanishga ega (zinapoya va liftlar) va 
gorizontal bog‘lanish bo‘lgan galereyalar ko‘pincha kam xonadonli uylar uchun 
ishlatiladi, qayerda seksiya tipidagi uylar tejamkorlik jihatdan yomon natija bersa,
(zinapoya va liftlarda kam zo‘riqish bo‘lsa) galereya tipidagi uylarda zinapoya va 
liftlar orqali vertikal bog‘lanishga zo‘riqish ko‘p tushadi. 
Galereyali uy kommunikatsion tuzilishi bo‘yicha yo‘lakli uyga o‘xshan (1.3v-
rasm). Ular orasidagi farq shundaki, galereyali binoning bir tomoni bo‘ylab 
joylashadi, ochiq bo‘ladi va tabiiy ravishda yoritiladi. Galereya orqali xonadonlarni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri shamollatish ta’minlanadi. 
Galereyali uyning kamchiligi galereyani qavatma-qavat joylashuvida, seksiyali 
va yo‘lakli uylar bilan taqqoslaganda, korpus kengligining kichikligidir, bu uning 
issiqlik texnik sifatlarini pasaytiradi. Shunga ko‘ra, galereyali uylar issiq iqlimli 
hududlarda keng tarqalgan. 


13 
Turar-joy qurilishida ko‘pincha xonadonlarni kommunikatsion ta’minlashning 
aralash variantlari qo‘llaniladi, bu yo‘lak-seksiyali, galereya-seksiyali va boshqa 
tizimlar paydo bo‘lishiga olib keladi. (1.3e-rasm). 
Qo‘rg‘oncha (usadebniy) turidagi o‘z hovlisiga ega uylar asosan qishloq 
hududlari va kichik shaharlarda qurish uchun mo‘ljallangan.(1.3g-rasm). Uyga kirish 
qismi yer sathida joylashtiriladi, bu hovli va uyning xo‘jalik xonalari orasidagi 
zaruriy aloqani ta’minlaydi. Hovli o‘lchami 600-1200 m
2
bo‘lib, u bir oilaning 
xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan. Blokirovkali uylarda har bir xonadon, avvalgi 
holatdagidek, yer sathida bo‘lgan alohida kirish joyiga ega.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin