6
I BOB. TURAR-JOY BINOLARINI LOYIHALASH ASOSLARI
1.1 Turar-joy binolari va xonadonlarni tanlash hamda shakllantirish uchun
talab va sharoitlar
Respublikamizning shaharlari, viloyat va tumanlar aholisining tarkibi, ya’ni
aholining yoshi, oila tarkibi: erkak, ayol va bolalarning tarkibi va boshqa shunga
o‘xshash omillar e’tiborga olinishi lozim. Bu esa butun mamlakatimizda aholi
ro‘yxati o‘tkazilganidan so‘ng aniqlanadi. Turar -
joy va xonadonlarni tanlashda,
albatta hisobga olinishi kerak bo‘lgan talablar quyidagilardan iborat:
- aholining demografik tarkibi;
- oila a’zolarining urf-odatlari va hunari, ya’ni qanday ish
bilan mashg‘ul bo‘lishlari;
- qurilish joyi;
- qurilish joyining tabiiy iqlim sharoiti;
- texnika - qurilish bazasining ahvoli va sharoiti.
Har bir shahar, viloyat, tuman va qishloq uchun uy-joy tanlashda ularda
yashaydigan aholining demografik tarkibiga qarab har-xil sonli nisbatlari olinadi.
Respublikamiz
aholisining
demografik
tarkibi,
albatta
boshqa
davlatlar
ko‘rsatkichidan o‘zgachadir. O‘zbekistonda bir yillik aholining o‘sishi 3% ni tashkil
etadi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligidagi (MDH) davlatlar ko‘rsatkichiga
nisbatan
bizning respublikamizda ko‘p bolali oilalar ancha ko‘proqdir. Bu esa o‘z navbatida
ko‘p xonali xonadonlarning nisbiy foizini oshirishga olib keladi. Ko‘p bolali oilalar
ayniqsa qishloq aholisiga mansubdir.
Turar-joyni tanlashda aholining qaysi hunar bilan mashg‘ul bo‘lishi ham eng
asosiy omillardan biridir. Shuning uchun qishloqlarda turar-joy uylari o‘z shaxsiy yer
maydoni bilan ta’minlangan bo‘lib, shaxsiy tomorqasi uy bilan qulay bog‘langan
bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, qishloq turar-joylarining
tarkibida yor-damchi
xonalar, molxona, tovuqxona, qo‘yxona, somonxonalar hamda qishloq xo‘jaligi
uchun kerak bo‘lgan asbob-uskunalar saqlaydigan xonalar, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini saqlaydigan omborxonalar bo‘lishi kerak.
7
Ilm-fan va san’at ahllari uchun qo‘shimcha xonalar qurilishi xonadon tarkibini va
tarxini belgilashda hisobga olinishi kerak bo‘lgan shart-sharoit hisoblanadi.
Xalqning urf-odatlari ham xonadon tarkibiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘zbek
xalqining eng asosiy urf-odatlaridan biri bu ochiq havoda ko‘proq vaqtni o‘tkazishdir.
Bu odat mamlakatimizning tabiati, iqlim-sharoitidan kelib chiqqan bo‘lib, bu narsa
xonadon tarkibiga ochiq yozgi xonalar, ayvonlar va supalarni kiritishni taqozo etadi.
Bu yerda aholi mehmon kutadi, dam oladi va uxlaydi.
Uyning turini tanlashga uning qayerda joylashgani ham ta’sir qiladi.
Uyning
joylashgan joyiga qarab uy shahardami, qishloqdami, shahar markazidami yoki
chetdami shunga qarab har-xil talablar paydo bo‘ladi, undan tashqari yerning past-
balandligi, uyni o‘rab
turgan tabiat, iqlimi sharoiti, tuproq tarkibi va yer qimirlash,
seysmik holatlari ham uy turini tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Shimol va janubda
quriladigan uylar bir - biridan o‘ta farq qiladi, undan
tashqari nam va quruq iqlim,
tog‘ yoki pastliklar, sahro va nam yerlarning ta’siri ham turar-joy me’morchiligiga
katta ta’sir o‘tkazadi.
O‘zbekiston tog‘lar, sahrolar, tekislik va pasttekisliklar, ko‘kalamzor, lalmikor
yerlardan tashkil topgan. Shuning uchun O‘zbekiston sharoitida hamma yerga bir xil
turar-joylarni loyihalashtirish va qurish katta xatoliklarga olib kelishi mumkin.
Respublikamiz ilmiy tekshirish institutlari tomonidan tabiati, iqlim sharoiti, yer
qimirlashi hisobga olingan haritalar ishlab chiqilgan. Shu haritalarga qarab qurilish
mutaxassislari uylarning turlarini tanlaydilar, undan foydalanadilar va quradilar.
Uylarni tanlash va qurishga qanday
qurilish ashyolarining borligi, qurilish-
texnik jihozlari va asboblarning ahvoli ham ta’sir etadi. Lekin bu narsalar
o‘zgaruvchan bo‘lib, umumiy texnik-iqtisodiy, fan va texnikaning o‘zgarishlariga
ham bog‘liqdir.
Shuning uchun loyihalovchi me’morning oldiga qo‘yiladigan vazifa bu -
hamma shart-sharoitlarni to‘la o‘rganib chiqib, keyin eng
qulay va chiroyli turar-
uylarni loyihalash, ayniqsa yerning shart-sharoiti jiddiy e’tiborga olinishi kerak
bo‘lgan muhim omillardir.
Dostları ilə paylaş: