Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
 


23 
1.6-rasm.
Murakkab relefda joylashgan turar uyi (arx. D.V.Maharoblishvili). 
 
 
 


24 
II-BOB. TURAR-JOY BINOLARINI LOYIHALASHGA TA’SIR QILUVCHI 
ASOSIY OMILLAR 
2.1.Turar uy - joy qurilishida shaharsozlik talablari
Shahar, Turar-joy hududiga yoki alohida Turar-joy uyiga yer sathini tanlash o‘ta 
ma’suliyatli ishdir, chunki bu yerda aholining yashashi uchun hamma shart-sharoitlar 
mavjud bo‘lishi va kelgusi avlodlarning yashashlarini hisobga olish zarur. 
Shaharsozlik masalari alohida asosiy kursda o‘tiladi. Shuning uchun, biz qator 
talablar bilan chegaralangan holda alohida turar uy joyini qurish uchun maydon 
tanlanadi. Ushbu tanlangan yer maydoni turar uy joy uchun yer sathi balandroq, 
ya’ni 
suv 
to‘planmaydigan, 
yerga 
suv 
shahobchalari 
o‘tkazish 
va 
ko‘kalamzorlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan, undan tashqari sanoat va ishlab 
chiqarish korxonalaridan sanitariya - gigiyenik jihatdan uzoqroq masofada bo‘lishi 
kerak. Shuningdek, bino boshqa Turar-joy va jamoat binolaridan uzoqroq masofada 
joylashishini, quyoshga nisbatan yaxshi oriyentatsiyada bo‘lishi va tabiiy 
shamollatilishini ta’minlamoq lozim. Turar-joy uyi bundan tashqari ko‘cha 
shovqinidan, transport harakatidan muhofazalangan bo‘lishi kerak.
Turar-joy binolarini shahar va qishloq hududlarida joylashtirishni shaharsozlik 
loyihasi bo‘yicha ShNK 2.07.01ning talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. 
Ommaviy uy-joy qurilish uchun 4-qavatdan baland bo‘lmagan; Oqvalashtirilmagan 
(kanalizatsiyalashtirilmagan) shahar va qishloqlarda 1-2 qavatli binolar qo‘llanilishi 
lozim. 9-12 qavatli binolar yirik shaharlarninng markazida qurish uchun qo‘llash 
mumkin; 
16 
qavatli 
binolar 
maxsus 
(alohida) 
asoslar 
bo‘yicha 
va 
Davarxitektqurilishning ruxsati bo‘yicha qo‘llaniladi. Ommaviy uy-joy qurilish 
uchun 4-qavatdan baland bo‘lmagan; kanalizatsiyalashtirilmagan shahar va 
qishloqlarda 1-2 qavatli binolar qo‘llanilishi lozim. Turar-joy uyga avtomobillar 
kirishi uchun yo‘lakcha ajratilishi, bundan tashqari uy atrofi ko‘kalamzorlashtirilgan 
hudud va suv o‘tkazilgan ariqchalar bo‘lishi, sport maydonchalari, soyabonlar, 
kattalar dam oladigan va bolalar uchun maydonchalar ko‘zda tutilishi lozim. Bu 
O‘zbekiston tabiiy iqlim sharoitida muhim omillardan biridir.


25 
Yer sathi qo‘shni uylar va tuman markazi hamda bolalar bog‘chasi, maktab, 
savdo, madaniy va maishiy xizmat ko‘rsatish joylari bilan qulay bog‘langan bo‘lishi 
kerak. Turar - joy kompleksining ko‘kalamzorlashtiriladigan hududining yuzasini 
6m
2
/kishi 
dan 
kam 
bo‘lmagan 
yuzada 
qabul 
qilish 
taqozo 
etiladi. 
Ko‘kalamzorlashtiriladigan hudud maydoniga shuningdek, katta yoshli kishilar uchun 
mo‘ljallangan 
dam 
olish 
maydonchalari, 
bolalarga 
mo‘ljallangan 
o‘yin 
maydonchalari va piyodalar yo‘lakchalari (agar bu yo‘lakchalarning yuzasi 
ko‘kalamzorlashtiriladigan hududning – 30% dan kamrog‘ini egallasa) ham kiritiladi. 
Birinchi qavatda xonadonlarga ega bo‘lgan turar-joy binolarini qoidaga ko‘ra 
qizil chiziqdan ancha chetroqda joylashtirish taqozo etiladi. Qizil chiziq bo‘yicha 
ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi xonalari birinchi qavatga ichki qurilgan yoki birinchi 
qavatga qo‘shib qurilgan binolarni joylashtirishga ruxsat beriladi. Turar-joy 
qurilishini loyihalashtirishda maydonchalarni me’yoriy hujjatlar orqali joylashtirish 
ko‘zda tutiladi, bu maydonchalarning o‘lchamlari va ulardan turar-joy hamda jamoat 
binolarigacha bo‘lgan masofa 2.1-jadvalda ko‘rsatilgan masofadan kam bo‘lmagan 
o‘lchamda qabul qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin