Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
1.5-rasm. 
Shamollatish sxemalari: 
 
a-seksiyali uyda burchakli shamollatish; b-seksiyali 
uyda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (skvoznoy) shamollatish;
v- shaxta orqali shamollatish; g-yo‘lakli va 
galereyali uyda to‘g‘ridan to‘g‘ri shamollatish; d-
ichki hovli orqali shamollatish. 
Tabiiy yoritilgan xonalar, framuga, darcha yoki boshqa qurilmalar orqali 
shamollatilishi ta’minlanishi kerak. Havoni bir xonadondan boshqasiga oqib o‘tishiga 
yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Bir tomonlama joylashgan bir va ikki xonali xonadonlarni, 
oynaklanmagan xoll maydonchalar, zinapoya bo‘lmasi yoki tashqariga ochiq 
xonadondan tashqari xonalar orqali shamollatishga yo‘l qo‘yiladi. Yo‘lakli turdagi 
yotoqxona binolarida yashash xonalarini bevosita tabiiy yoritilgan va to‘g‘ri yoki 
burchaklama shamollatiladigan, uzunligi 24 m gacha bo‘lgan umumiy yo‘laklar
orqali shamollatishga yo‘l qo‘yiladi.


21 
Yaxshi mikroiqlimni ta’minlshda (ayniqsa quyoshga noto‘g‘ri qaratilgan uylar 
uchun) quyoshga qarshi qurilmalar ishlatiladi: gorizontal qurilmalar janubga 
qaratilgan xonalarlar uchun, vertikal qurilmalar sharq va g‘arb tomonga qaratilgan 
xonalar uchun hamda har xil boshqa aralash qurilmalar (markiz, shtor va jalyuzalar) 
va uy atrofini yopib o‘sadigan o‘simliklar ishlatiladi. Quyoshga qarshi qurilmalar 
nafaqat havoni salqinlashtiribgina qolmay, uyning chiroyli ko‘rinishiga ham yordam 
beradi. Ular uylarning tarzini boyitishga va shinam bo‘lishiga katta yordam beradi. 
Yuqorida aytib o‘tilgan vositalar O‘zbekiston sharoitidagi mikroiqlimni yaxshilashda
tabiiy hisoblanadi. Shular bilan bir qatorda sun’iy jihozlar, sovutgichlar 
(kondistionerlar) ham havoni salqinlatishga xizmat qiladi. Lekin ularni ishlatish faqat 
tabiiy havoni salqinlatish usullariga yordamchi bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun 
O‘zbekiston sharoitida sun’iy usullar ishlatiladimi yoki yo‘qmi uylarni loyihalashda 
asosan tabiiy salqinlatish usullari, qonun- qoidalari qo‘llanilishi shart.
O‘zbekistonning ba’zi tuman va viloyatlari yuqori zilzilaga moyil hisoblanib (9 
ballgacha ), yer qimirlashiga qarshi chora-tadbirlarni inobatga olgan holda qurilishda 
ba’zi cheklovlar bo‘lib, loyihalarning konstruktiv-tarxiy yechimlariga o‘zgartirishlar 
kiritilishi talab etiladi. Shuning uchun O‘zbekiston hududida yer qimirlashining 
seysmik haritasi ishlab chiqilgan. Bu haritada har bir tuman va viloyatning necha 
balli qismga kirishi ko‘rsatilgan. O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoitini, yer 
qimirlashini hisobga olib, turar uy-joy binolarini loyihalash hamda qurish me’morlar 
oldiga ancha qiyinchiliklar tug‘diradi, lekin me’morchilikda o‘ziga xos an’analarni 
mujassamlashtirishga imkoniyat yaratadi.
Hudud relyefi
 
iqlim omillari singari, turar-joy binolari shakllanishida va qurilish 
usullarini tanlashda, faol ishtirok etadi. Arxitektura tarixi va zamonaviy amaliyotda 
bu ko‘p bora tasdiqlangan. Bu omilni chuqurroq bir muncha keyinroq o‘rganamiz, 
hozirda eng asosiylarini ta’kidlab o‘tamiz: hududning yengil qiyaligi, qoida bo‘yicha, 
uy arxitekturasida sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi, o‘ynamaydi va turar-joy qurilishining 
ixtiyoriy rejasi ko‘zda tutiladi, lekin qiyalik burchagi 10-15
0
gacha oshganda birinchi 
qavatni u yoki bu shaklda shakllantirishga to‘g‘ri keladi, 15-20
0
dan oshiq bo‘lgan 


22 
qiyaliklarda esa alohida turli binolarni qurish (masalan, terrasali) maqsadga 
muvofiqdir. 
Tog‘li va tog‘oldi hududlarida tikka qiyaliklarni o‘zlashtirish ko‘pincha nisbatan 
tekis maydonlarning taqchilligi sababli, juda qiyindir. Lekin, oddiy hududlarda ham 
shunday zaruriyat tug‘iladi. Ayniqsa, bu o‘z hududiy zahirasini ishlatib bo‘lgan 
shaharlar uchun harakterlidir, bu yerlarda turar-uylar noqulay bo‘lgan joylarda 
(jarliklar, tepaliklar, qirg‘oqli hududlar) qurila boshlaydi (1.6-rasm).
Qat’iy ifodali relyefga ega maydonlarda turar-uy binolarini qurishda hududni 
tayyorlash va jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha muhandislik tadbirlarni o‘tkazish, 
xonadonlar insolyatsiyasi hisob-kitobida qiyalik yo‘nalishini hisobga olish
binolarning mos turlarini va ularni qurish usullarini tanlash zarur. Turar-uy qurilishi 
uchun shimolga qaragan qiyaliklar noqulay hisoblanadi, chunki bu holatda xonalar va 
hudud insolyatsiyasi qiyinlashadi. Yana ta’kidlash lozimki, turar-uyni loyihalashda, 
yuqorida sanab o‘tilgan barcha tabiiy-iqlim omillarini kompleksli hisob-kitobi talab 
qilinadi. Faqat shundagina, turar-uy juda qulay (komfortli) bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin