JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–31_Issue-2_Iyun_2023
119
TEKISLIKDA TO‘G‘RI CHIZIQLARNING TURLI TENGLAMALARI
MAVZUSINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN
FOYDALANISH
Amonov Zikrillo Shukrullo o‘g‘li
Buxoro davlat universiteti talabasi
Amonovzikrillo7@gmail.com
Annotatsiya:
Yangi pedagogik texnologiya taʼlimning, xususan, Matematika
taʼlimining maʼlum maqsadga yo‘naltirilgan shakli, usuli va vositalarining
mahsulidir. Kuzatuvlar shuni koʼrsatadiki, aksariyat hollarda talaba dars jarayonida
faqat o‘zi ishlaydi, talabalar esa kuzatuvchi bo‘lib qolaveradilar. Mazkur ishda
Matematika ta’limini hayot bilan bog‘lashni, talabalarning fikrlash qobiliyatini
o‘stirish, o‘qitish samaradorligini oshirish uchun ta’lim metodlaridan biri “Keys-
stadi” metodi haqida so‘z yuritilgan, unga doir misollar keltirilgan va matematika
faniga oid keys turlari haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Yangi pedagogik texnologiya, “Keys-stadi” metodi, keysning
turlari, DTS va namunaviy о‘quv dastur, ishchi о‘quv dastur, elektron ta’lim
resurslari.
Bugungi kunda yurtimizda Matematika taʼlimi va ilm-fanini rivojlantirish
bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Matematika taʼlim mazmunini
takomilashtirishga oid qabul qilingan hukumat qarorlari, Matematika taʼlimni hayot
bilan bog‘lashni, o‘qitish samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan
jamiyat uchun har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab etishtirishni
talab qiladi. Shu o‘rinda Matematika taʼlimi jarayoniga yangi pedagogik
texnologiyalarning kirib kelishi va qo‘llanishi davr talabi bilan bevosita bog‘liqdir.
Yangi pedagogik texnologiya taʼlimning, xususan, Matematikaning Analitik
geometriya bo‘limi taʼlimining maʼlum maqsadga yo‘naltirilgan shakli, usuli va
vositalarining mahsulidir. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, aksariyat hollarda o‘qituvchi
dars jarayonida faqat o‘zi ishlaydi, talabalar esa kuzatuvchi bo‘lib qolaveradilar.
Taʼlimning bunday ko‘rinishi talabalarning aqliy tafakkurini o‘stirmaydi, faolligini
oshirmaydi, taʼlim jarayonidagi ijodiy faoliyatini so‘ndiradi. Shuningdek, ilg‘or
pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan darslar [1-4] o‘quvchilarni
bilimlarining yaxlit o‘zlashtirilishiga yordam beradi, talaba tafakkurini o‘stiradi,
mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatadi. Zero, barkamol avlod tarbiyasi jamiyat madaniy-
maʼrifiy taraqqiyotining, millat maʼnaviy kamolotining muhim belgisidir. Mazkur
ishda Analitik geometriya fani misolida “Keys-stadi” metodining mazmun-
mohiyatini ochib berishga harakat qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |