III BOB.
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
108
Internet xatarlari
•
inson shaxsiy hayotiga daxldor ma’lumot va tasvirlarni ular RUXSATISIZ TARQATISH MUMKIN
EMAS. Sinfdoshlaringiz yoki boshqa kimsalarni yashirin tarzda tasvirga olish, ular haqidagi
ma’lumotlarni ularning ruxsatisiz boshqalarga tarqatish mumkin emas.
Shaxs yoshiga to‘g‘ri kelmaydigan saytlar.
Internet barcha
yoshdagi foydalanuvchilar uchun xilma-xil saytlarni taklif
etadi va shu orqali ommaviy
foydalanuvchilar hamda
alohida guruhlarning turli qiziqishlarini qondiradi. Shunga
qaramay, bolalar va o‘smirlar saytlarning hammasidan ham
foydalanishi mumkin emas. Yoshga to‘g‘ri kelmaydigan
saytlar, xususan, kattalar uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar
bolalarga zarar yetkazishi mumkin. BEXOSDAN SHUNDAY
SAYTLARGA KIRIB QOLSANGIZ, ULARNI DARHOL YOPING
YOKI KATTALARGA MUROJAAT ETING.
Saytlarning tekshirilmasligi.
Internetdagi ma’lumotlar
mutaxassislar tomonidan tekshirilmaydi. Shunday
ekan, ma’lumotlarga tanqidiy yondashishni o‘rganish va
ularning hammasiga ham ko‘r-ko‘rona ishonavermaslik
kerak. ONLAYN TAQDIM
ETILGAN AXBOROTLARNING
HAMMASIGA HAM ISHONIB BO‘LMAYDI.
Reklama ko‘rinishidagi nomaqbul ma’lumotlar.
Bolalarga
mos bo‘lmagan reklama ta’sirida ularga mo‘ljallanmagan
tovar va xizmatlar (masalan, plastik jarrohlik)ni sotib olish
mumkin. Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlari (ismi, yoshi,
jinsi)ni qancha ko‘p oshkor qilsa, reklamada ishtirok etish yoki
lotereya o‘ynashga taklifnoma olish ehtimoli shuncha katta
bo‘ladi. SAHIFALARDA O‘ZINGIZ HAQINGIZDAGI SHAXSIY
MA’LUMOTLARNI YOZISHDA EHTIYOT BO‘LING.
Shaxsiy hayot daxlsizligi.
Internetdan joy olgan ma’lumotlar
cheklanmagan vaqt davomida butun dunyo bo‘ylab aylanib
yurishi mumkin. Siz yaxshi niyatda qо‘ygan matn va
rasmlaringiz qayta ishlanib, sizning hayot daxlsizligingizga
putur yetkazishi ehtimoli mavjud.
Shu sababli, shaxsiy
ma’lumotlaringizning hammasini ham Internetga
joylayvermang. INTERNET MUHITINING O‘ZIGA XOS
JIHATLARINI INOBATGA OLING.
109
Zararli maslahat.
Internetdagi forumlar, bloglar
va boshqa saytlar foydalanuvchilarga axborot va
maslahatlar almashish uchun platforma ochib beradi.
Umuman olganda, yordamning bunday turi juda
foydali, lekin nomaqbul, hatto zararli maslahatchilar
bilan aloqa o‘rnatilishiga olib kelishi ham mumkin.
Zararli
maslahat olish xatari, xususan, bolalar va
o‘smirlarning shunday maslahatlarni olish xatari
doimiy veb-saytlarga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda ancha yuqori. INTERNETDAGI BUNDAY
MASLAHATLARGA AMAL QILISHDAN AVVAL BU BORADA KATTALAR BILAN FIKRLASHIB OLISH
ZARUR.
Gruming
– o‘z yoshini yashirgan holda bolalar va o‘smirlar
bilan Internet orqali o‘rnatilgan aloqa. Buning uchun
ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta xabarlari, onlayn
o‘yin chatlari va boshqa veb-saytlardan foydalaniladi.
Gruming bilan shug‘ullanuvchi nopok shaxs sovg‘a
berish
yoki muammoni hal etish bo‘yicha o‘z yordamini tavsiya
etib, uchrashuv belgilashi ham mumkin. INTERNETDA
O‘ZINGIZ TANIMAGAN SHAXSLAR BILAN MULOQOT
QILMANG.
Fishing
(pul o‘g‘irlash, firibgarlik) – mashhur brend,
bank va boshqa xizmatlar nomidan elektron pochta
xabarlarining yuborilishi. Masalan, sizga “1000 dollar
pul yutib oldingiz, bank karta ma’lumotlaringizni
yuborsangiz, sizga yutuqni jо‘natamiz” kabi xabar
kelishi mumkin. Yodingizda bo‘lsin,
bank hech
qachon sizdan hisob raqamingiz, parol va boshqa
ma’lumotlaringizni taqdim etishni so‘rab xat
yubormaydi. O‘smirlar soxta veb-sayt, xabarlarni
haqiqiysidan ajrata olishmaydi. Shu sababdan o‘zlari bilmagan holda, ota-onalari yoki aka-
opalarining bank ma’lumotlarini oshkor qilib qo‘yishi mumkin.
Savdodagi firibgarliklar.
Virtual sotuvchi o‘zining sifatli tovar yoki xizmatini tavsiya qiladi, to‘lov
amalga oshirilganidan keyin esa tovar yoki xizmat aytilgan tavsiflarga ega bo‘lmasligi yoki umuman
xaridorga yetkazib berilmasligi mumkin. Savdodagi bunday holat firibgarlik deb ataladi.
INTERNET
ORQALI SAVDONI AMALGA OSHIRISHDA KATTALARDAN YORDAM SO‘RASH LOZIM.