Endi ishq bizni yo'qlab kelmaydi. Chunki biz
ustiga beton quyilgan tuproqning ostida qolgan
va endi sira ochilmaydigan ikki dona moychechak
urug'larimiz...
67
To'siqiarga qaram ay sevdik
Sen vijdonsizlikning inson
qiyofasidagi ko‘rinishisan
O'n birinchi noyabr shanba kuni Istanbul kitob
yarmarkasida men tashkillashtirgan taqdimot marosimiga
kelgan o'quvchilarning kitoblariga dastxat qo'yayotib,
navbatda turgan odamlarning ichida ko'zim tuyqus unga
tushdi. Yuzlab insonlar orasidan yana uni payqagandim.
Turgan joyimda tosh qotdim. Ko'zim tushgan qiz Zumro
edi. Menga shunday tuyilyaptimi yo bu rostdan ham
o'shami deya u turgan tomonga bot-bot nazar soldim. Ha,
men ko'rgan inson aynan u edi. Sochlarini juda kalta qilib
kestirganiga qaramay uni tanigandim. Bu haqida hech
kimga aytolmadim. O'sha ondagi hayratimni va azobimni
birovga sezdirmay, hech kimga hech narsa demay, xuddi
hech narsa bo'lmagandek ishimda davom etdim. U men
tomon yaqinlashgan sari ichimdagi hayajon va sarosima
yanada ortdi. Bu shunday bir ilojsizlik ediki, buni ta'riflab
bo'lmasdi. Men tomon yana biroz yaqinlashganida
yonida begona bir yigit borhgini ko'rdim. Keyin bir
Zumroga, bir o'sha yigitga razm soldim. Ko'rinishidan
ular sevishganlar edi. Ammo yonidagi yigitning o'zini
tutishidan hech narsadan xabari yo'qligi ko'rinib turardi.
O'sha damda ichimdagi tovush "Bunchalar yuzsiz
bo'lishing mumkin emas!” deya hayqirardi. O'sha kuni
bir Zumroning navbatda turganiga, bir meni yonimga
boshqa
bir yigit bilan kelganiga hayratlangandim.
Ustiga-ustak uning ustida tanish yopinchig'i bor edi. Buni
ataylab qilgani ma'lum edi. Navbat ularga kelganida oyoq-
68
|