To'siqiarga qaram ay sevdik
Birkunkelib...
Insonni har gal "Axir men shularga arzirmidim?!”
deyish charchatadi. Biz munosib bo'lmagan azoblarni
boshdan
kechirishimiz jo'sh
urgan
tuyg'ularimizni
borgan sari so'ndirib boradi. Bu borada qo'lidan hech
narsa kelmayotgani uchun inson o'zini
juda notavon his
qila boshlaydi. Bu narsa esa hayotga toqat qilishimizni
tobora qiyinlashtiradi. Ular o'zlari noloyiq bo'lgan
baxt-u saodatning gashtini surishayotganida, biz o'zimiz
munosib bo'lmagan azoblarning jafosini chekdik. Ishonib,
qalbimizni ochgan insonlarimizning
bizga qoldirgan
armonlari bilan kurashib yashadik. Lekin borgan sari bu
qiyinchiliklarning soyasida toblandik va bundan sira ham
nolimadik. Noloyiqlar yashayotgan baxtli hayotning ham
oxiri bor, biz buni bilardik.
Kun kelib, mutlaqo hamma
o'ziga munosib hayot bilan taqdirlanishi kerak. Ammo
baxtli bo'lishga munosib bo'lgan insonlar bir chekkada o'z
dardlari bilan kurashayotganida, o'zingizga nomunosib
baxtga ega ekanligingizni dardmandlarga ko'z-ko'z
qilib
yashadingiz. Chunki sizda baxtga noloyiq ekanligingizni
tan oladigan vij donning o'zi yo'q edi. Siz bu haqiqatni hech
qachon ko'rolmaydigan darajada xudbin edingiz.
Dostları ilə paylaş: