O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vaziri o’rinbosari tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha o’rinbosariga
Ariza
Sizga shuni yozib ma’lum qilamanki men kichik serjant Bolateyev SHuxrat Negmurodovich Qarshi shahri Xonabod qo’rg’onida joylashgan 63226 Harbiy qism ZVB 2017-yil aprel oyidan buyon katta mexanik lavozimida xizmat qilib kelyapman. Ushbu xizmatim davomida men tomondan uchish apparatlari (vertolyot) nosoz yoki shikast yetishiga sababchi bo’lmadim. Hamma oilada bo’lgani kabi meni oilamda ham 2017-yildan to hozirgi 2022-yilga qadar turli nohushliklar ya’ni betoblik, qarzdorlik va oilaviy nizolar bo’lib o’tdi. Ushbu ko’ngilsizliklar harbiy qism miqyosida katta muhokamalarga sabab bo’ldi. Hozirgi kunda esa hammasi o’z iziga tushib bo’lgan bir paytda meni to’g’ridan – to’g’ri boshlig’im mayor E. Turg’unov kichik serjant Boltayev Sh.N o’z xizmat vazifasiga noloyiq deb yozib o’z fikrini tavsifnoma orqali bayon qilibti . Shu o’rinda bir savol tug’iladi, men ku oilaviy muammolarim orqali o’z xizmatimga noloyiq deb topildim
Mayor E.Turg’unov ZVB ga tegish bo’lgan bort № 73 va bort № 90 ikkita uchish apparatini umumiy barcha yo’nalishli rangli metal ko’rinishdagi (sim kabel) larni kesib olib uning og’ir keluvchi bo’laklarini o’z manfaatlari yo’lida sotib yuborgan. Men ko’pincha safda yoki safdoshlarim o’rtasida ayrim hollarda haqiqatparvar hamda adolatparvar bo’lganligim sababli meni ruhiy holating joyida emas ya’ni asablaring joyida emas deb harbiy qism psixologi va to’g’ridan to’g’ri boshlig’im Qarshi harbiy gospitalga yotishimga o’z tavsiyasini berdi. Meni aslida ruhiy holatim yaxshi. Shundan so’ng 8 –apreldan 19-aprelga qadar ushbu harbiy gospitalda nevrologiya bo’limida o’z sog’ligim uchun muolaja olib chiqdim. Meni harbiy gospitalda yotganimdan foydalangandek 8 –apreldan 19-aprel o’rtasida yuqorida uchish apparatlaridan kesib olingan rangli metal ko’rinishidagi sim kabellarni go’yoki to’liq darajada uchish apparatlar jixozlarini saqlash omboriga noto’liq ravishda topshirib ko’z bo’yamachilik ko’rinishdagi dalolatnoma tayyorlagan. Taxminlarga suyanib shuni aytamanki 2 ta uchish apparatida kamida 300 kg dan 600 kg gacha rangli metal sim kabellari chiqishi ko’pchilikka ayon. Ushbu yuqorida yozgan bildirgimni o’z tasdiqini topishi uchun ushbu sohani mutaxassislarda yonlab surishtiruv ishlarini olib borishlaringizni so’rayman. Bu holatni bildirishimni sababi biz harbiy xizmatchilar oz’imizga biriktirilgan davlat mulkini asrab avaylash shart va har birimizning burchimizdir. Ushbu bildirgimni bundan chamasi 1 oy oldin harbiy qism komandiriga og’zaki ravishda bildirganimda menga yozma ravishda murojaat qilishimni so’ragan. Meni shunday yozma ravishda murojaat qilishimni bilib o’z qilmishlarini yashirish maqsadida menga nisbatan harbiy xizmatda qolish va qolmasligim uchun har xil uydirma hujjatlar tayyorlab ya’ni spirtli ichimlik ichgan va ayrim IIB xodimlari bilan baxslashgan deya hujjat tayyorlashdi, men ichmaganimni o’z tasdig’ini topishi uchun Qarshi shahar Narkologiya bo’limi ichmaganligim to’g’risida tibbiy ma’lumotnomaga egaman. Ichmaganligim to’g’risida tibbiy xulosa Narkologiya bo’limida 1 nusxasi arxivida saqlanib turibti.
Ushbu yuqorida yozgan bildirgim noto’g’ri yoki noo’rin deb topilsa o’z xizmat vazifamdan chetlashtirishlariga yuqori qo’mondonlikka taklif berishingizga roziman.
Izoh:Ushbu yuqorida yozgan bildirgimni Xonabod qo’rg’oni harbiy qism maxsus xizmat xodimiga ham bildirganman.
26.04.2022 y. 63226 harbiy qism harbiy xizmatchisi: Sh.Boltayev