Mirach Chag'ri Oqtosh
Agar muhabbatingni oshkor qilmasang,
qancha sevsang ham foydasi yo'q
Sevgining chek-chegarasiz bo'lishi emas,
uning
sof va beg'araz bo'lishi muhim ekanligi haqida gapirdik.
Faqat sevish bilan cheklanib qolmay, balki uni his qildira
olish ham kerak dedik. Qalbdagi muhabbatni oshkor
qiUsh uchun faqat chiroyli izhorlar-u jimjimador so'zlar
yetarU emas dedik. Ammo chinakam sevish bilan birga
chinakam sevilishning ham haqqini to'lash
kerakligi
haqida gapirmadik. Albatta, og'zidan chiqqan "Sevaman”
degan so'zga butun borlig'i bilan kafil bo'lgan odamlarga
biror e'tirozim yo'q. Ammo har bir inson sevilishning ham
haqqini to'lashi kerak. Men aytmasdan o'tolmaydigan
bu mavzuni qog'ozga tushirishimga sabab bo'lishgani
uchun ayrim insonlardan biroz xafaman. Atrofdagi
insonlarga qarang. Ularning hammasi ishq ummoniga
g'arq bo'lishgan-u, ammo
sevilishning qadrini hech
biri bilmaydi. Qalbidagi sevgisiga egalik qilmaydi, unga
sadoqat saqlamaydi. Sevilishning haqqini to'lash uchun
moddiy boylikka hojat yo'q. Bor-yo'g'i vafodor bo'ling va
sizga qalbidagi muhabbatini his qildirayotgan insonni
mahkam bag'ringizga bosing, shu xolos.
Allohim, bizni qalbidagi ishqiga va unga qaratilgan
muhabbatga sadoqatli bo'ladigan insonlar bilan
uchrashtir...
109
To'siqiarga qaram ay sevdik
Men istamagandim
Menga noto'g'ri vaqtda qarshingdan chiqqanimni
aytding, ammo bu mening aybim emas edi. Men senga
ayni kerakli paytda keldim. Ammo sen hanuz o'tmishingga
muhabbat bilan yashaganing uchun meni kaftingning
orqasi bilan bir chetga surding. Xo'sh,
men sendan bir
kun bo'lsa-da, voz kechdimmi? Aslo! Ketgan joyingga bir
kuni qaytib kelasan va hidlab mast bo'lasan, deya sen
tark etgan joyga moychechaklar ekib, kelishingni kutdim.
Boshqalarga qanchalar go'zal muhabbat qo'yganingni
olislardan tomosha qildim. Mendan boshqa hammani
juda go'zal shaklda sevding
va sen uchun birgina men
ko'rimsiz edim. Barchaning ustidan xuddi quyosh singari
nurlaringni sochding, sen faqat men uchun bulutli va tund
eding.
Sen o'zga qalbning ummonida suzayotganda,
men seni sevgancha, bir
qancha harakatlarni amalga
oshirdim. Ham kutdim, ham sevdim, ham voz kechmadim.
hamda sening o'zga bilan boshdan o'tkazayotgan ishqiy
sarguzashtlaringni tomosha qildim. Bularni amalga
oshirayotib, qattiq azoblandim va ichimni tilka-pora
qilayotgan bu azobni hech kimga sezdirmadim. Mayliga,
dedim. U mening yakka-yolg'iz
dard yutishimga ham
arziydi. Ming afsuski, arzimading. Men esa ayni shu
nuqtada mahv bo'ldim...
Dostları ilə paylaş: