Mirach Chag'ri Oqtosh
Endi ko'ngil qo'ymayman
Ortiq hech kimni sevmayman. Sevishga urinib ham
ko'rmayman. Kimgadir yoqish uchun harakat qilmayman.
Ko'zyoshi to'kayotgan kimnidir ko'rsam, borib bag'rimga
bosmayman.
Kim nima qilsa shuni qilsin. Kim kimni sevishi bilan
ham endi qiziqmayman. Xohlasangiz meni his-tuyg'usiz
deng, xohlasangiz xudbin deng.
Yaxshisi siz ham birovni
sevmang. Chunki hech kim muhabbatga arzimaydi.
Shaxsan men insonlar sevilishga arziydi, deb o'ylamayman.
Kimni sevsam yoki kimgadir sevishimni bildirsam, doim
azobda qolgan men bo'laman. Kimga mehr berib, mehr
kutsam, doim mehrsizlikdan qiynalgan men bo'laman.
Men sevsam, sevgan insonim
tunlari bemalol uxlaydi,
doim bedor qolgan men bo'laman. Men sevsam, sevilgan
tomon juda baxtli bo'ladi, baxtsiz qolgan tomon yana men
bo'laman. Men sevsam, narigi tomon hayotda yashashni
davom etadi, ammo men davom etolmayman.
Sevgi azoblaydi. Pushaymon qiladi. Xayollaringni
puchga chiqaradi. Hasratda qoldiradi. Agar inson bularni
boshdan kechirgan va bo'g'zigacha azob bilan to'lgan
bo'lsa, qaytib hech kimga ko'ngil qo'yishni istamaydi.
Agar bir inson vaqtida sevilib, tark etilgan bo'lsa,
inson zotini sevilishga munosib bir mavjudot, deb
hisoblamaydi.
161
To'siqiarga qaram ay sevdik
Bobomga...
Menga ko'p bor ozor berdingiz bobo. Ammo men
sira ginachi bir inson bo'lmadim. Shukrki, vijdonim ham
men qayerga bormay, doimo yonimda edi. Boshimda otam
yo'qligi sababli, meni odam bo'lmaydi deb o'ylaganingiz
uchun meni sira ham yoqtirmasdingiz.
Ammo shunday
bo'lsa-da, men bunga umuman e'tibor bermadim. Meni
ko'zdan yo'qotish uchun qilgan harakatlaringiz meni sira
qiynamadi.Buurinishlaringiz sizgabo'lgan muhabbatimni
zarracha ham kamaytirmadi. Zero muhabbat degani har
doim ham ikki tomonlama bo'lavermaydi.
Bu hayotda bir
tomonlama sevgilar ham bor. Inson sevilmagan tomonni
ham sevishi mumkin. Ko'rmaslikka oladi, eshitmaslikka
oladi, ammo baribir muhabbat qo'yishi mumkin.
Men necha yillardan buyon oila bag'ridan
mosUvo
ulg'aydim. Faqatgina bir haqiqatim bor edi, u ham
bo'lsa onam... Balki siz men uchun yaxshi bobo bo'la
olmagandirsiz, ammo siz yaxshi ota edingiz. Onamning
otasi bo'lganingiz uchun
ham sizni qattiq yaxshi
ko'rardim. Goh menga uyingizning eshigini ochardingiz,
goh eshikdan haydab chiqarardingiz. Ammo siz baribir
mening nazarimda hech
qachon tashlab ketmaydigan,
sabrH va uddaburon bir ota edingiz.
Otalari doimo yonida bo'lgan nabiralaringizdan
tashqari, sizni sizga oshkor qilmay yaxshi ko'radigan bir
nabirangiz bor edi, bilmasdingiz. O'sha men edim...
Bir kuni telefon jiringladi. “Bobong kasalxonada",
deyishdi. Siz lotoreya o'yinini juda yoqtirardingiz. Bir kuni
Dostları ilə paylaş: