Inson kimgadir ko'ngil qo'yganidan so'ng undan
mehr va e'tibor kutadi, ammo mehrga zor qoladi...
153
Mirach Chag'ri Oqtosh
"Sensiz nafas ololmayman!" deganlarning
boshqalar uchun bamaylixotir kislorod manbayidek
30
irishi sening ham ko'nglingni aynitadimi?
To'siqlarga qaramay sevdik
Mirach Chag'ri Oqtosh
Sevgan odam tashlab ketmaydigan
boshqa bir sayyorada yashashni istayman
Sevgan inson tark etadimi? Albatta, yo'q! Agar inson
chindan sevsa
mayda-chuyda sabablarni deb sevgan
insonidan yuz burmaydi. Undan aslo uzoqlasha olmaydi.
Hatto arazlashgan holatda ham sevgan insonining yonida
bo'lishni istaydi. Muammo nimabo'lishidan qat'i nazar, uni
hal qilishga harakat qiladi. O'zini ko'ngil bergan insonining
yonida xotirjam his qiladi.
Agar bir inson seni sevaman degan holda eng
mayda sabablarni bahona qilib sendan uzoqlashgan
bo'lsa, demak, u seni sevmaydi. Buning boshqacha bir
izohi bo'lishi mumkin emas. Bu holat shaxsan o'zim bilan
ham sodir bo'lgan.
Menga ham sevishini so'ylaganlar, eng mayda
sabablarni bahona qilib tark etishgan. Vaholanki, tark
etganlar ilk boshida sira ketmayman deganlar edi. Ular
meni shu yolg'onga ishontirib ketishdi. Gapning qisqasi,
sevgan inson hech qayerga ketmaydi. Aniqrog'i, keta
olmaydi. Agar ketgan bo'lsa, zotan seni sevmagan ekan.
Shu asnoda Nozim Hikmatning mavzu bilan aloqador
ushbu so'zlari yodimga tushdi: "Unutma, sevgan
ketmas. Ketgan esa sevmas..."
155
Mirach Chag'ri Oqtosh
Dostları ilə paylaş: |