National University of Uzbekistan Volume 4 | NUU Conference 3 | 2023 Quality education – the foundation of Uzbekistan's development Sifatli ta’lim – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori 280 May 6, 2023 https://nuu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference maqsadi, mazmuni, mohiyati, ahamiyati, vazifalari va asosiy yo‘nalishlari haqida
yetarlicha tasavvur hosil qilish va shu tasavvur asosida muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsatish uchun o‘ziga xos qo‘llanma va yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi ana
shu “yo‘llanma” asosida bugungi kunda Respublikamiz miqyosida talaygina ta’lim
muassasalarida psixologik xizmat tizimi tashkil etilgan. Darhaqiqat, Respublika xalq
ta’limi tizimida psixologik xizmatning joriy etilishi, dastavval, o‘quvchi shaxsini har
tomonlama tushunib tahlil qilish va rivojlantirish borasida o‘ziga xos yuksak ijtimoiy
ahamiyat kasb etadi. Zero, hamma rivojlangan davlatlarda va hamma zamonlarda
ham inson omilidan unumli foydalanish muammosi eng dolzarb muammo
hisoblangan. Ushbu muammoni bartaraf etish esa eng birinchi navbatda o‘quvchilar
jamoasiga mazmuniga, mohiyatiga va saviyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Umumta’lim psixollogik xizmat «Nizomi»ga kiritilgan barcha vazifalarni ma’lum
ma’noda shakllantirishga qaratilgan vazifalar sifatida talqin qilish mumkin. Chunki,
psixologik xizmat jarayonida har bir o‘quvchini o‘zini o‘zi anglashga, o‘zidan o‘zi
unumli foydalanishga, o‘z individual rivojlantirishga, faoliyat jarayonida sodir etilishi
mumkin bo‘lgan tadbirlar ko‘lami muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi.
Bularning barchasi esa ayni paytda qaratilgan uslubiy vositalar sifatida
xarakterlanadi. Shunga muvofiq, bugungi kunda maktab amaliyotchi psixologlari
o‘quvchi har bir o‘quvchini o‘zini o‘zi anglashga, o‘zidan o‘zi unumli foydalanishga,
o‘z faoliyatidagi shakllantirishga qaratilgan vazifalar sifatida talqin qilish mumkin.
Chunki, psixologik xizmat jarayonida
1. Har bir sinfdagi ijtimoiy-psixologik muhitning har bir o‘quvchi shaxsiga ijobiy
ta’sirini tarkib toptirish.
2. Har bir o‘quvchining o‘quv faoliyatiga nisbatan o‘z-o‘ziga adekvat baho bera
olishini ta’minlash.
3. Har bir o‘quvchining o‘z-o‘zini bilishi, anglash, idora qilish va o‘z-o‘zidan
ijtimoiy ma’noda muvaffaqiyatli qoniqish hosil qilishi uchun shart-sharoitlarni
hozirlash.
4. Har qanday o‘quv faoliyati talablarini bajarish jarayonida o‘quvchining me’yoriy-
hissiy holat chegarasidan chiqib ketmasligi uchun barcha tadbirlarni qo‘llash.
5. O‘quvchining faoliyat talablariga va aksincha, faoliyat talablarining o‘quvchi
shaxsiga moslasha olishlarini ta’minlash.
6.O‘quvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘qituvchi, o‘quvchi-jamoa o‘rtasidagi hamkorlik
faoliyati uchun muhim muvaffaqiyatli munosabatlar o‘rnatila
borilishini muntazam nazorat ostiga olish.