O‘zbеkiston rеspublikаsi


-bob. MAKROIQTISODIYOTGA KIRISH



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   410
MIKRO MAKRO

19-bob. MAKROIQTISODIYOTGA KIRISH 
 
19.1.“Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti
va obyekti 
 
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina 
kiritilgan bo‘lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli 
birga paydo bo‘ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida 
tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o‘zaro bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri xos 
bo‘lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli 
Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish 
jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene jadvali” ni 
tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo‘lladi. 
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valras, 
V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo‘yilgan edi deb ta’kidlash 
mumkin. Keyinchalik, K.Marks o‘zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror ishlab 
chiqarish sxemasi, V.Leontev esa o‘zining tarmoqlararo balansi bilan 
makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqishi 
uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa o‘zining “Ish bilan bandlilik, foiz 
va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga 
etkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan 
olinadi. 
Shunday qilib, makroiqtisodiyot o‘z predmeti va tadqiqot usullariga ko‘ra 
mustaqil fan sifatida XX asrning o‘rtalariga kelib shakllanib bo‘ldi. 
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo‘limi hisoblanib, 
unda milliy xo‘jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari 
tadqiq qilinadi. 
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‘rinishi o‘zaro farqlanadi: 
a)
pozitiv makroiqtisodiyot; 
b)
normativ makroiqtisoiyot. 
Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqador- 
liklarini o‘rganadi. 
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki 
nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo‘nalishlarini taklif etadi. 
Shu 
joyda 
iqtisodiy 
nazariyaning 
ikki mustaqil bo‘limi sifatida 
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o‘zaro farqlab 
olishimiz zarur. 
Mikroiqtisodiyot predmeti bo‘lib “belgilangan” iqtisodiy shart- sharoitlarda uy 
xo‘jaliklari va firmalar darajasida iqtisodiy qaror qabul qilish mexanizmi 


262 
hisoblanadi
18
. Mikroiqtisodiy tahlil obyekti bo‘lib alohida tovarlar bozorlari
resurslar bozorlari, ulardagi talab va taklif hisoblansa makroiqtisodiyotda milliy 
iqtisodiyot darajasida mehnat, pul, tovarlar va xizmatlar bozorlarining o‘zaro 
munosabatlari va o‘zaro ta’sirini tahlil qilinadi. Mikroiqtisodiyotda “belgilangan” 
deb qabul qilingan, ya’ni mikroiqtisodiy tadqiqot predmeti hisoblanmaydigan 
ko‘pgina ko‘rsatkichlar, jumladan iste’molchilarning daromadlari, jamg‘armalari, 
foiz stavkasining dinamikasini va buni belgilovchi omillarni makroitisodiyot tadqiq 
qiladi. 
Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o‘sishini, resurslarning 
to‘liq bandliligini, inflatsiyaning past sur’atlarini va to‘lov balansining muvozanatini 
ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir butun holda tadqiq qiladi va 
uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini o‘rganadi
19

Keltirilgan ta’rifdan ko‘rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o‘zaro 
bog‘liq uch jihatni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: 
1)
milliy iqtisodiyot; 
2)
davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish; 
3)
jahon xo‘jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar 
iqtisodiyoti bilan o‘zaro munosabatlari masalasi. 
1.1-jadvalda keltirilgan iqtisodiy nazariyaning ikki qismida ko‘riladigan 
masalalar ro‘yxati mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanlari predmetlarini 
yaxshiroq farqlab olishga yordam beradi. Nisbatan mustaqil bo‘lgan bu ikki fanning 
iqtisodiy hodisalar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi xulosalari bir birini to‘ldirib turadi. 
Uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub’ektlari 
hisoblanidilar. 
Bu sub’ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda. 
Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o‘sishini 
ta’minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb 
hisoblashishsa iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday 
aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi. 
Bugungi kunga kelib ko‘pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli 
sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish 
strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni 
tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo‘lamiz. 
Davlat makroiqtisodiyotning boshqa sub’ektlari hatti-harakatini belgilovchi 
omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash 
maqsadida, o‘z tasarrufida mavjud bo‘lgan vositalar orqali ularni yo‘naltirib turadi. 
18
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 13 
19
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 15 


263 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin