O‘zbеkiston rеspublikаsi


ishlab chiqarish samarasi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə375/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   410
MIKRO MAKRO

ishlab chiqarish samarasi
» deyiladi va hech kimning foydasi bilan 
qoplanmaydi. 
34.1-jadval 
Iste’molchilarn
ing yo‘qotishlari 
Ishlab 
chiqaruvchilar 
foydasi 
 
Davlat 
daromadi 
Jamiyatning 
sof yo‘qotishi 
a + b+ c + d - 
a - 
c = 
b + a 
Demak, iste’molchilarning 

sohadagi yo‘qotishlari ishlab chiqaruvchilar 
foydasining o‘sishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda iste’molchilar shu tarmoq 
korxonalari aksiyadorlari bo‘lishsa, ular yo‘qotishlarining bir qismi o‘sgan 
dividentlar sifatida qaytadi. 
«c» 
sohada davlat olgan daromadini transfert to‘lovlarini oshirish, soliqlarni 
pasaytirish, budjet tashkilotlarida ishlovchilar ish haqini oshirishi ko‘rinishida 
iste’molchilarga qaytarishi mumkin. 
Ammo 

va 

sohalarda jamiyat sof yo‘qotishga duch keladi. Valuta kursi 
o‘zgarishi bu yo‘qotishlarni bir oz qoplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif kiritilishi 
natijasida milliy valuta 4% ga qimmatlashsa import qilinayotgan tovarlarning milliy 
valutada ifodalangan ichki bahosi 20 % ga emas, 16 % ga oshadi. Bu esa tarif 
kiritilishi oqibatida jamiyatning sof yo‘qotish 

va 

sohalarning 80 foizini((16 / 20) 
x 100 = 80) tashkil etishini anglatadi. 
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud 
bo‘lib, bu tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati va qo‘yilgan maqsadlar 
bilan asoslanadi. 
Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko‘ra import 
tariflari: 


407 

mamlakat mudofaa sanoatini himoya qilish imkonini beradi; 

mamlakatda bandlilik darajasi o‘sishini ta’minlaydi va yalpi talabni 
rag‘batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o‘sadi va joriy 
operatsiyalar bo‘yicha to‘lov balansi xolati yaxshilanadi; 

milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun zarur; 

davlat budjeti daromadlarini to‘ldirish manbai bo‘lib xizmat qiladi; 

milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko‘rinishidagi chet el raqobatidan 
himoya qiladi; 

iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular 
yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg‘or siljishlar rag‘batlantiriladi va h.k. 
Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida ko‘pgina davlatlar o‘z ishlab 
chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida proteksionizm 
siyosatini qo‘llaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik 
xavfini tug‘diradi. 
Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, birinchi 
navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish 
sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O‘zbekistonda avtomobilsozlik yangi 
va istiqbolli soha (tarmoq) hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoyaga muhtoj. Tarmoqni 
tarifli himoyalanishining haqiqiy darajasini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. 
Masalan, O‘zbekistonda yangi mashinalar uchun import boji 40 foizni tashkil qilsin. 
Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun zarur bo‘ladigan ehtiyot qismlar asosan 
chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz miqdorida o‘rnatilsin. Bir dona 
mashinaning narxi 10000 AQSh dollariga teng bo‘lsa, ya’ni bitta avtomobil uchun 
zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarining narxi 7000 dollar, qo‘shilgan qiymat esa 3000 
dollarni tashkil etsin. 
Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil narxi 
4000 dollarga o‘sib, tarif bilan birga 14000 dollarni tashkil etadi. Ehtiyot qismlar 
importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga qilinadigan xarajatlarni 1750 dollarga oshirib 
8750 dollarga etkazadi. Oqibatda mahsulot birligiga ehtiyot qismlar xarajati 1750 
dollarga oshdi. Qo‘shilgan qiymat esa 2250 dollarga (4000 - 1750 = 2250) o‘sdi. 
Shunday qilib, tarif kiritilgandan so‘ng mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan 
qo‘shilgan qiymat 5250 dollarni (3000 + 2250 = 5250) tashkil etdi. 
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin