O‘zbеkiston rеspublikаsi


Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə378/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   410
MIKRO MAKRO

34.4. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni
ixtiyoriy cheklash 
Ko‘pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag‘batlantirish tadbiri sifatida 
ko‘pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo‘llaniladi. Bunda tajriba - 
konstruktorlik ishlari va eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishni 
bevosita moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat budjetidan imtiyozli 
kreditlar berish ko‘zda tutiladi. 
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo‘llaniladi. Bularga: 
-
eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish; 
-
reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida 
tekin axborot etkazib berish; 
-
firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq 
imtiyozlarini berish; 
-
bevosita subsidiyalash kiradi. 
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi 
bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan 
kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo‘qqa chiqarishi mumkin. 
Oqibatda eksportyor davlat budjeti yo‘qotishga uchraydi, importyor davlat budjeti esa 
qo‘shimcha daromad ko‘radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash ko‘rinishlaridan 
biridir. 
Dempinga qarshi qaratilgan bojlar 
jahon amaliyotida keng qo‘llanilib, 
o‘zida qo‘shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki 
import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo‘yicha, eksport 
qilinayotgan mahsulotlarga o‘rnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro 
sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so‘ng chiqaradi 
hamda uning miqdorini va to‘lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi 
bojlar o‘z valuta resurslarini to‘ldirish maqsadida jahon bozoriga xom ashyo 
resurslarini eksport qilishni ko‘paytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan 
faol qo‘llanilmoqda. 
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari 
kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi sharoitida mahsulotlar 
ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste’mol 
o‘sadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida 
milliy ishlab chiqaruvchilarda yo‘qotishga duch bo‘ladilar. Tanqi bozordagi 
baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste’molchilar yutuqqa erishsa, 
davlat esa daromadga ega bo‘ladi. 
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo‘lib, xorij 
mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport miqdorlarini cheklashdan 
iborat. 
Bu yerda «ixtiyoriy so‘zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan 
mamlakat savdo siyosatida o‘z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch 
kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi. 


412 
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega: 
1.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun tarif va 
kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni 
e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar. 
2.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular 
sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin. 
Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida 
eksportyor ko‘rgan yo‘qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi. 
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko‘rib o‘tilgan usullarining har biri ijobiy 
jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining 
raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib 
boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a’zo bo‘lishi bu jarayonining 
qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor 
munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin