‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 .4 . Uzoq yillik xizmat davri va uning pensiya



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

4 .4 . Uzoq yillik xizmat davri va uning pensiya
ta'minotining amalga oshirilishidagi ahamiyati
D avlat xizm atining m uayyan turlari bilan band b o ‘lgan 
fuqarolar, shuningdek, qonun hujjatlarida ko'rsatilgan hollarda 
m a'lum lavozimda yoki faoliyatning muayyan turi bilan band 
bo'lgan hollarida bu davr m ehnat stajiga hisoblanishdan tashqari 
qo ‘shim cha im tiyozlar berilishiga ham asos boMishi mum kin. 
Bunday davr uzoq yillik xizmat davri deb nomlanadi.
M a'Ium lavozim yoki vazifada uzoq vaqt m ehnat faoliyati 
bilan sh u g 'u lla n ish xodim ga m axsus unvon va m artab alar 
berilishida, m ehnat ta'tillari m iqdorining belgilanishida, davlat 
pensiyalari tayinlanishida qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan 
boshqa hollarda imtiyoz va yengilliklar berilishiga olib keladi.
Uzoq yillik xizmat davri quyidagi hollarda hisobga olinadi va 
imtiyoz berilishiga asos boMadi:
a) harbiy xizmatni (m uddatdan tashqari) o ‘tash davri;
b) ichki ishlar organlarida xizmat qilish vaqti;
d) davlat soliq xizmati idoralaridagi m ehnat faoliyati;
e) prokuratura organlaridagi xizmat davri va boshqalarni 
qamrab oladi.
Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2000-yil 5-maydagi 180-son Qarori bilan tasdiqlangan ,,0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi davlat 
soliq organlarida xizmatni o ‘tash 
to ‘g‘risida N izom “ning 30-bandiga ko‘ra davlat soliq organlari 
m ansabdor shaxslariga maxsus unvonlar berish ularning uzoq 
yillik xizmat davri hisobga olingani holda amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari mansabdor 
shaxslarining lavozim maoshlariga uzoq yillar xizmat qilganlik 
uchun har oylik ustama haq miqdorlari ham ularning uzoq yillik 
xizmat davri muddatiga ko‘ra belgilanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining „Prokuratura to ‘g‘risida“gi qo- 
nuniga ko‘ra (yangi tahriri) Prokuratura organlari xodimlariga
37
www.ziyouz.com kutubxonasi


egaltab turgan lavozimlari va m ehnat stajiga muvofiq darajali 
unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi.
Prokuratura organlari xodimlariga m uddati o ‘ttiz kalendar 
kunidan iborat haq to'lanadigan yillik ta'til beriladi. 0 ‘n besh 
yildan ortiq ish stajiga ega bo ‘lgan prokuratura organlari xodimla- 
riga besh kalendar kuni, yigirma besh yildan ortiq ish stajiga 
ega bo'lganlarga esa o‘n kalendar kuni qo‘shimcha ta'til beriladi.
Uzoq yillik xizmat davri o ‘rta um um ta'lim , kasb-hunar bilim 
yurtlarida, sogMiqni saqlash muassasalarida va qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan boshqa hollarda ahamiyatga ega.
KALIT SO'ZLAR.
Ish staji. U m u m iy ish staji. M axsus ish staji. 
M ehnat daftarchasi. Ish stajini hisoblash. Ish stajini im tiyozli hisoblash. 
Ish stajiga q o ‘shib hisoblanadigan davrlar. B udjetdan tashqari Pensiya 
jam g‘armasiga badallar. Yagona ijtimoiy to ‘lov. Yakka tadbirkor va dehqon 
xo'jaligi a'zo lari m eh n at staji. U chuvchilarning ish staji. Ish stajini 
guvohlar ko‘rsatmasiga ko‘ra tasdiqlash. U zoq yillik xizm at davri.

Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin