‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

mehnat stajini hisobga olish.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
M ahkam asining 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qarori bilan 
tasdiqlangan „D ehqon xo‘jaligi a'zolarini ijtimoiy sug'urtalash va 
ulaming ijtimoiy ta'm inoti to ‘g‘risida N izom “ga ko‘ra Dehqon 
xo‘jaligi a'zolari ixtiyoriylik asosida ijtimoiy sug'urta qilinadi.
Mazkur Nizom qoramol boqish va chorvachilik mahsulotlari 
yetishtirish bilan band bo'lgan dehqon xo'jaliklari a ’zolariga 
tatbiq etilmaydi.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ijtimoiy sug'urtalanish xohishini bildirgan dehqon xo‘jaligi 
a'zosi Budjetdan tashqari Pensiya jam g‘armasiga badal to'lovchi 
sifatida davlat soliq xizm ati organlarida belgilangan tartibda 
ro‘yxatdan o‘tishi shart.
Dehqon xo'jaligi a'zosi 
o ‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va 
pen siy a bilan ta 'm in la n is h va ijtim o iy su g ‘u rta b o 'y ic h a
nafaqaning o ‘zi istaydigan m iqdoridan kelib chiqib Budjetdan 
tashqari Pensiya jam g'arm asiga su g 'u rta badallari m iqdorini 
mustaqil ravishda 
belgilaydi, biroq sug‘urta badallarining eng 
kam miqdori bir yilda eng kam oylik ish haqining to 'rt yarim 
barobaridan kam bo‘lmagan miqdomi tashldl etishi kerak.
M eh n at daftarchasi dehqon x o ‘jaligi a'z o sin in g m ehnat 
stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Yuridik shaxs bo'lm asdan tashkil etilgan dehqon xo'jaligi 
a’zosining mehnat daftarchasi dehqon xo‘jaligi a'zosi ro'yxatdan 
o'tkazilgan joydagi tuman (shahar) ijtimoiy ta'm inot bo'lim ida u 
sug‘urta badallari tolaydigan butun muddat mobaynida saqlanadi 
va yuritiladi.
Agar dehqon xo‘jaligi a'zosi sug‘urta badallari to'lash bosh- 
langunga qadar m ehnat daftarchasiga ega b o'lm agan b o ‘lsa, 
ijtimoiy ta'm inot bo‘limi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
unga m ehnat daftarchasi ochadi.
Agar dehqon xo‘jaligida ishlash fuqaro uchun o'rindoshlik 
hisoblansa, uning m ehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi.
D ehqon xo‘jaligi a'zosining m ehnat stajiga u Budjetdan 
tashqari Pensiya jamg'armasiga sug‘urta badallari to ‘lagan davrlar 
kiritiladi.
Pensiya va davlat ijtim oiy sug‘urtasi bo'yicha tayinlash 
uchun mehnat stajini hisoblab chiqishda, agar dehqon xo‘jaligi 
a'zosi ushbu yilda 12 oy ishlagan va kamida 9 oy badal to ‘lagan 
bo‘lsa, stajga kalendar yil qo‘shiladi.
Dehqon xo'jaligi a ’zosining m ehnat daftarchasi bo‘lmagan 
yoki yo'qotilgan taqdirda pensiya yoki ijtimoiy sug‘urta bo'yicha 
nafaqa tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajining hisobga olish 
kartochkasi yoki hisobga olish daftaridagi m a'lum otlar asosida 
hisoblab chiqilishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligi a'zosi tom onidan sug'urta badallari to'la- 
nishi va uning qancha davom etganligi guvohlik ko‘rsatmalari 
bilan tasdiqlanmaydi.
32
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. 
Shaxsiy yordam chi va dehqon xo 'ja likla rid a qoramol
boquvchi va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotuvchi
fuqarolaming mehnat stajini hisoblash.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining 2006-yil 
21-apreldagi 67-sonli „2006—2010-yillar davrida shaxsiy yor- 
damchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi 
navbatda qoram ollar sonini ko'paytirishni rag‘batlantirish das- 
turini amalga oshirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida“gi qaroriga ko‘ra 
shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida oila a'zolarining mulki 
bo ‘lgan yoki ijara shartlari bo ‘yicha olingan qoramol boqishni 
ham da chorvachilik asosida mayda tovar m ahsulotlari yetish- 
tirishni va ulami qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotishni 
amalga oshiruvchi mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar band 
hisoblanadilar. Agar ular ish beruvchilar bilan m ehnat munosa- 
b a tla rid a , yoki belgilangan ta rtib d a ro ‘yxatdan o ‘tkazilgan 
xususiy tadbirkorlar hisoblanm asa, o'quv yurtlarida o'qim asa, 
ularga belgilangan nam unadagi m ehnat daftarchasi ochiladi 
(yuritiladi).
Ushbu shaxslar tom onidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jam g‘armasiga bir 
yilda eng kam oylik ish haqining to ‘rt yarim barobaridan kam 
bo'lmagan miqdorda sug'urta badallari to ‘langan taqdirda qoramol 
boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan 
band bo‘lgan davrlar „Fuqarolam ing davlat pensiya ta'm inoti 
to ‘g‘risida“gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya 
tayinlash uchun m ehnat stajiga qo‘shiladi.
Qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini 
sotish bilan band bo‘Igan fuqarolarga mehnat daftarchasi berish 
tum an (shahar) Bandlikka ko'm aklashish markazi tom onidan 
amalga oshiriladi.
Qoramol boqish va yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini 
sotish bilan band boMgan shaxslarning m ehnat stajini hisobga 
olish Budjetdan tashqari Pensiya jam g‘armasiga sug'urta badallari 
toManganligi to ‘g‘risida davlat soliq xizmati organlaridan olingan 
m a'lum otlar asosida tum an (shahar) ijtimoiy ta'm in o t b o ‘limi 
tomonidan amalga oshiriladi.
Budjetdan tashqari Pensiya jam g‘armasiga to ‘langan badallarni 
hisobga olish davlat soliq organlari tom onidan amalga oshiriladi.
3 — Ijtimoiy ta'm inot huquqi
33
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin