‘zbekiston respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 .2 .  Ijtimoiy ta'm inot huquqi manbalari sanaluvchi



Yüklə 65,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/65
tarix22.12.2023
ölçüsü65,93 Kb.
#190444
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

3 .2 . 
Ijtimoiy ta'm inot huquqi manbalari sanaluvchi
normativ-huquqiy hujjatlarning vaqt, fazo va shaxslar
o ‘rtasida amal qilishi
Qonun hujjatlarining vaqt, hudud va shaxslar o ‘rtasida amal 
qilishiga doir qoidalar yuqorida qayd etib o‘tilgan „Normativ- 
huquqiy hujjatlar to ‘g‘risida“gi qonunda nazarda tutilgan.
Ijtimoiy ta'm inot sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar vaqt, 
hudud (fazo) va shaxslar orasida qo'llaniladi ham da ushbu 
m uhitlarda amal qilish xususiyatlarini to ‘g‘ri tushunib yetish 
ulaming to ‘g‘ri tatbiq etilishi, qonunchilikning mustahkamlani- 
shi, xatolarning oldi olinishida muhim ahamiyatga ega bo'ladi.
Ijtimoiy ta ’minot sohasidagi qonun hujjatlari vaqt doirasida 
kuchga kirgan paytidan boshlab bekor qilinguniga qadar yoki 
uning o'rniga boshqa normativ-huquqiy hujjat qabul qilinguniga 
qadar amalga oshiriladi. U lam i vaqt doirasida amalda qo‘llash, 
kuchga kirish vaqti, bekor qilinishi yoki amal qilishning tuga- 
t lish m asalalari 0 ‘zbekiston R espublikasining „ N o rm a tiv - 
iiuquqiy hujjatlar to ‘g‘risida“gi qonunida (26-m odda) belgilab 
to'yilgan.
Ijtimoiy ta ’minotga oid normativ-huquqiy hujjatlarga, odatda, 
0 ‘zbekistonning butun hududida amal qilinadi. Ammo uning 
bevosita o ‘zida yoki normativ-huquqiy hujjatni amalga oshirish 
to'g'risidagi qarorda uning hudud b o ‘yicha ta'siri cheklanishi 
mumkin (masalan, tumanlararo koeffitsiyent qo'shib berish haqi- 
dagi aktlar faqat tegishli hududlarda qo'llanilishi va hokazo).
Ijtimoiy ta'm inot munosabatlariga taalluqli bo'lgan qonun 
hujjatlari shaxslar o'rtasida amal qiladi va bunda ular, odatda, 
barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga ega 
boiadi.
„N orm ativ-huquqiy hujjatlar to ‘g‘risida“gi qonunning 29- 
m oddasida: „N o rm ativ -h u q u q iy hujjatlarning am al qilinishi
1 ,,0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami”, 2005-yil, 2 8 -2 9 - 
son, 218-modda.
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, 
agar 0 ‘zbe- kiston Respublikasining xalqaro shartnom asida 
boshqa qoida beigilanmagan bo‘lsa, shuningdek, 0 ‘zbekiston 
Respubiikasi hududidagi xorijiy yuridik shaxslarga, ajnabiy fuqa- 
rolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga tatbiq etiladi“ , deyiladi.
Normativ-huquqiy hujjatning o'zida u qo'llaniladigan shaxslar 
doirasi cheklab qo'yilishi m um kin. M asalan, «Fuqarolam ing 
davlat pensiya ta'm inoti to ‘g‘risida»gi qonunda belgilangan pensiya 
olish huquqi faqat jismoniy shaxslaigagina taalluqli, yoki bo‘l- 
masa, pensiya jam g‘armasiga ish haqi fondidan badallar to ‘Iash 
majburiyati faqat yuridik shaxslargagina qoMlaniladi va hokazo.
Ijtimoiy ta'm inotga oid qonun hujjatlarini sharhlash — uning 
m azm unini ochib berish, noaniqliklar yuzasidan tushuntirish 
ishlari olib borishdan iborat. Ulami rasmiy sharhlash va ilmiy 
sharhlash o ‘zaro farqlanadi.
Ijtimoiy ta'm inot qonun hujjatlarini rasmiy sharhlash „N or- 
mativ-huquqiy hujjatlar to ‘g ‘risida“gi qonunning 31-moddasida 
bayon etilgan. Rasm iy sharhlash 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi tom onidan yoki qonun hujjatini qabul qil- 
gan davlat organi tom onidan amalga oshirilishi m um kin'.
Ijtimoiy ta ’minotga oid qonun hujjatlarini ilmiy sharhlash 
ayrim olim lar, m utaxassislar, ilmiy m uassasalar tom o n id an
amalga oshirilishi mumkin. Rasmiy sharhlashdan ilmiy sharhlash 
farq qilib, ularning qoidalari m ajburiy yuridik kuchga ega 
bolm aydi va qonun mazm unini to ‘g‘ri tushunish, to ‘g‘ri qo ‘l- 
lashda yordam berishga qaratiladi. Bunday norasmiy sharhlash 
ayrim hollarda sud organlari tom onidan ham amalga oshirilishi 
m um kin.
KALiT SO'ZLAR
Ijtimoiy ta'minot huquqi manbayi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida ijtimoiy ta’minot olish huquqi Ijtimoiy 
ta'minot huquqi manbalari tasnifi. Ijtimoiy ta'minot huquqiga oid qonun 
hujjatlari. ljtimoiy ta'minotga oid xalqaro hujjatlar. Ijtimoiy ta'minot 
qonun hujjatlarini vaqt, hudud va shaxslar o‘rtasida amal qilishi. 
Ijtimoiy ta'minot qonun hujjatlarini rasmiy va ilmiy sharhlash. 1

Qa r a n g :
„Qariya)ami qadrlash yiJi“ davlat dasturiga sharh. „Xa)q so'zi“ 
gazetasi, 2002-yil 25-yanvar.
23
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 65,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin