va o 'zg a rtirish lar kiritilgan) im tiyozdan foydalanishga haqli
b o ‘lgan shaxslar toifalari quyidagicha tabaqalanadilar ham da
beriladigan imtiyozlar hajmi ulaming qaysi tabaqaga mansubligiga
bog'liq b o ‘ladi.
1. Chernobil AESdagi halokat
tufayli kasallangan va nur-
lanish kasaliga chalingan, shu tufayli nogiron bo‘lib qolgan fu-
qarolar.
a) Chemobil AESida ishlagan yoki halokat oqibatlarini tu-
gatishda ishtirok etganlar;
b) maxsus harbiy yig‘inlarga chaqirilgan va CHAES halokati
oqibatlarini bartaraf etishga jalb etilgan muddatli yoki muddatsiz
harbiy xizmatchilar.
2. CHAES halokati oqibatini tugatish
uchun xizmat safariga
yuborilgan, ammo, nurlanish kasaliga chalinmagan, nogiron deb
topilmagan fuqarolari.
3. CHAES halokati tufayli nurlanish kasaliga chalinib, shu
tufayli nogiron b o lib , vafot etgan shaxslaming qaramog‘ida b o ‘l-
gan shaxslar.
Quyida ushbu davlat pensiyalarini tayinlash va hisoblash
sohasidagi o ‘ziga xos jihatlam ing umumiy tavsifl bayon etiladi.
Yoshga doir pensiyalar.
1986— 1987-yillarda C H A E Sning
zararlangan zonasida xizm atni o ‘tagan,
ishlagan va halokat
oqibatlarini tugatishda qatnashgan fuqarolarga o ‘ta zararli va o ‘ta
og‘ir ishlarda ishlaganligi uchun nazarda tutilgan shartlarda Sobiq
Ittifoq davrida („SSSR fuqarolarining pensiya ta'm inoti to‘g‘risi-
d a “gi o ‘sha paytda am alda b o ‘lgan qonunga k o 'ra ), y a ’ni
erkaklarga — 20 yillik m ehnat staji bilan, 50 yoshdan; ayollarga
esa, 15 yil mehnat staji bilan 45 yoshdan yoshga doir pensiya
tayinlanadi.
Ularning pensiyasiga hisoblangan pensiyaning 30 foizi miq-
do rid a q o ‘sh im cha q o ‘shib beriladi. B unda m eh n at stajini
hisoblash, o ‘rtacha oylik ish haqini
aniqlash umumiy qoidalarga
ko‘ra amalga oshiriladi.
CHAES halokati oqibatlarini bartaraf etishda 1988-yilda ishti-
rok etgan fuqarolarga:
erkaklarga — 25 yillik ish staji bilan 55 yoshdan, ayollarga —
20 yil ish staji bilan 50 yoshdan yoshga doir pensiya tayinlanadi.
Ushbu toifadagi pensiyalarga eng kam pensiyaning 25 foizi
miqdorida qo'shimcha qo‘shiladi.
72
www.ziyouz.com kutubxonasi
1988-yildan keyin CHAES halokati oqibatlarini tugatishda
qatnashgan shaxslarga im tiyoz berilm aydi va ularga pensiya
umumiy asoslarda tayinlanadi.
Nogirvnlik pensiyalari.
Nogironlik pensiyalarini tayinlash shart-
lari CHAES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan
shaxsning qaysi toifaga mansubligiga bog‘liq bo'ladi.
Bunda fuqaro-
laiga va harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlash shartlari turlicha
belgilangandir.
Fuqaroga nogironlik pensiyasi fuqarolaming pensiya ta'm inoti
to ‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, zararlangan zonada olgan ish haqi-
dan kelib chiqqan holda va zarar qoplangan haqiqiy miqdordan
kelib chiqib hisoblanadi.
1993-yil 1-iyuldan boshlab C hernobil halokatidan ziyon
ko‘rgan fuqarolarga va boquvchisini yo'qotgan hollarda ulaming
oilalariga nogironlik pensiyalarining quyidagi eng ko‘p miqdorlari
belgilanadi:
I guruh nogironlariga — eng kam ish haqining 10 baravari
miqdorida;
II guruh nogironlariga — eng kam ish haqining 8 baravari
miqdorida;
III guruh nogironlariga — eng kam ish haqining 4 baravari
miqdorida;
boquvchisini yo‘qotgan hollarda
mehnatga qobiliyatsiz har
bir oila a'zosiga — eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida.
Pensiyalarning eng kam miqdorlari ko‘rsatib o'tilgan eng
ko‘p miqdorlaming tegishlicha 50 foizi darajasida belgilanadi.
1993-yil 1-iyulgacha belgilangan hamda ko‘rsatib o'tilgan eng
ko‘p miqdorlardan ortiq bo‘lgan pensiyalar qayta hisoblab chi-
qilmaydi.
Boquvchisini y o ‘qotganlik pensiyalari.
Bu pensiyani tayin-
lashda ham m arhum boquvchi shaxsning CHAES halokatlari
oqibatlarini tugatishda qaysi toifaga mansub bo‘lganiga bog‘liq
bo'ladi.
Fuqarolar toifasiga mansub bo'lgan marhum boquvchi shaxs-
larning har bir m ehnatga yaroqsiz oila a'zosiga ularning ish
haqining 40 foizi m iqdorida pensiya tayinlanadi va m arhum
zararlangan zonada ishlagan chog‘dagi
ish haqidan kelib chiqib
hisoblanishi mumkin.
73
www.ziyouz.com kutubxonasi
Fensiyaning eng ko‘p miqdori boquvchisini yo'qotgan hol-
larda mehnatga qobiliyatsiz har bir oila a’zosiga — eng kam ish
haqining 3 baravari miqdorida belgilanadi.
Pensiyalam ing eng kam m iqdorlari ko'rsatib o'tilgan eng
ko‘p miqdorlaming tegishlicha 50 foizi darajasida belgilanadi.
M uddatli va m uddatsiz harbiy xizm atni o 'tash ch o g ‘ida
CHAES halokati oqibatlarini b artaraf etishga jalb etilgan va
harbiy xizm atni o ‘tash ch o g 'id a yoki xizm at bilan b o g ‘liq
nogironlik natijasida vafot etgan harbiy xizmatchi-boquvchining
oila a'zolariga harbiy xizm atchilam i pensiya ta'm inoti to ‘g‘risi-
dagi qonunchilikka binoan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi
tayinlanadi.
KALIT SO'ZLAR.
C h ern o b il ato m elektrostansiyasida yuz bergan
halo k at. C H A E S h alo k ati o q ib atlarin i b a rta ra f q ilishda q atn ash g a n
xodim lar. C H A E S halokati o qibatlarini b a rta ra f
qilishda q atnashgan
m uddatli harbiy xizm atchilar. C H A E S halokati o qibatlarini b a rta ra f
etishdagi kasalliklar tufayli nogiron b o ‘lib qolgan shaxslar. C H A E S
halokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan fuqarolar pensiya ta'm in o ti.
Dostları ilə paylaş: